Nazorat savollari:
1.
VIII-XI- asrlarda yashab ijod etgan olimlarning ilm-fan
taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari va yozgan asarlarini sharhlang.
2.
Arastuning falsafiy qarashlari va asarlari haqida fikrlaringiz.
3.
Jadidchilik harakati tarixi va natijalari haqida aytib bering.
4.
XX asr AKT sohasidagi ixtirolar tarixi haqida ma’lumotlar
keltiring.
1.3.
TA’LIM VA PEDAGOGIKANING QADIMIY
DAVRDAGI RIVOJLANISH TARIXI
Uyg’onish davrida evropa va osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan
vaziyat
Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (IX-
XII va XV-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va
tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi
madaniy-maʼnaviy
yuksalish
(XIV—XVI-asrlar)ga
nisbatan
qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish
bosqichi deb baholaganlar.
Renessansning asosiy alomatlari:
tafakkurda va ilm-u ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni
yorib oʻtib, insonni ulugʻlash, uning isteʼdodi, aqliy fikriy
imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;
antik davr (yunon-rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish;
cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy
goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash;
inson erki, xurfikrlilik uchun kurashish.
Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish
etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm-fan
rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va
mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans
gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqdilar. Keyinchalik
Mikelanjelo,
Rafael,
Shekspir,
Servantes
Yevropaning
turli
mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni
Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib
oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida
joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir
necha asr oldin (IX- XII asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan,
ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik
gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan.
Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki " Sharq
Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq
Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari
mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining
amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning
yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ
allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi.
Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu
Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek
jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino,
Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy
asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda
tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi,
fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi.
Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo al-Maarriy, Abulqosim
Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy,
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib,
oʻlmas asarlar yaratdilar, ishq-muhabbat, qahramonlik, ozodlik va
ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar
shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga
asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini
ifodalaydigan "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Qirq vazir",
"Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot" kabi qiziqarli
sarguzashtlarga toʻla, shavq-u zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning
koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy
ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy
gʻoyalarning tasvirlanishidir.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya
tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi boʻlmagan xalqda
Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda IX—XIII-asrlarda
oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati
bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, "ishroq"
falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar
yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona
taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson
kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari
dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan
kishilarga qarshi kurashganlar.
Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasa-
maorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar
yigʻilgan, “xazinat ul-hikma”,“dorul-ulum”larda tolibi ilmlar, ustoz-
shogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obro-eʼtibori yuksak
qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi
Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki XII—XIV-asrlarda
musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi.
Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz,
Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq
olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar
orqali yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning "Tib
qonunlari", "Ash Shifo", Forobiyning "Ilmlar tasnifi", Ahmad
Fargʻoniyning "Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi",
Muhammad Muso al-Xorazmiyning "Al jabr val muqobila", Ibn Rushd,
Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan.
Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. "Tib
qonunlari" 7 asr mobaynida Yevropa institutlarida tibbiyot darsligi
sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd g’oyalari Italiya,
Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd
— Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al
Ramzats, Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar
ostida mashhur boʻlgan. "Oʻsha paytda (XIII—XVI asr) jaholat
changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm
charogʻini yoqdilar; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham
Osiyodan olingan; shimoliy, gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati
yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir" (G.Gerder). Platon,
Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar
orqali kirib borgan. "Sharqliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan
yoritdilar" (Gegel).
Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va
chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, harbiy texnikani Yevropa
Sharqdan olib rivojlantirdi. "Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida
musulmonlarning
xizmati
buyuk.
Bu
fanlarda
musulmonlar
Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar" (G. Gerder). Yevropa
Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilm-fani,
adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante "Bazm", "Ilohiy komediya"
asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan
tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K.
Marloning "Buyuk Temur" dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson
sifatida tasvirlangan. Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa,
tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning
irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy
oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilm-fan yutuqlariga
tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga
urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm,
rangshunoslik, hajm, rakurs hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq
bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik
mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati yuksaldi. Yangi davrning ilk
xususiyatlari XIII—XIV asrlar rassomlari (rassom Jotto, haykaltarosh N.
Pizano) ijodida kuzatildi, XV asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash
rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon
boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni
oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug’ boʻlib, Italiya sanʼatining
"oltin asri" hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik
taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash
ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik
asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida
va boshqalarda namoyon boʻldi. XVI asrning 2-choragidan boshlangan
Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik g’oyalarning barbod
boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy,
hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari
suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan
uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.
Dostları ilə paylaş: |