Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Jadidchilik harakati namoyondalarining ma’rifat rivojiga



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Jadidchilik harakati namoyondalarining ma’rifat rivojiga 
qo‘shgan hissalari 
Jadidchilik – XIX asr oxiri – XX asr boshlarida faoliyat yuritgan va 
ma'rifatchilikka asoslangan islohotlar g‘oyalarini ilgari surgan ijtimoiy-
siyosiy harakat. Yosh ma'rifatparvarchilardan iborat bo‘lgan ushbu 
harakat O‘rta Osiyoda ananaviy talim tizimini tubdan isloh etish, jamiyat 
hayotida ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni amalga oshirish, milliy 
mustaqillik g‘oyalarini hayotga tadbiq etish masalalarini o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ygan. Shuningdek, jadidlar turkiy tillar va adabiyotni 
rivojlantirish, dunyoviy fanlarni o‘rganish, fan yutuqlaridan samarali 
foydalanish va xotin-qizlarning teng huquqliligi masalalarini ilgari 
surgan.  


Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) alloma, yozuvchi, jamoat 
arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni 
yangicha o‘quv metodikasi lideri. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20 
yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan. 
Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit uning dunyo qarashiga hech 
qanday ta’sir ko‘rsatmagan. 
Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan 
va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, 
ushbu atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan. 
Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan. 
Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan 
tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga bo‘lgan sayohatlari 
uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va 
jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi, 
ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi. Behbudiy 
“Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” 
gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek 
va tojik tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai 
umumiy" - "Kiskacha umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" - 
"Bolalar uchun kitob" (1904) va boshqalar. Bexbudiyning yozuvchilik 
poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi 
sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi 
keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan, 
1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan. Behbudiyning 
sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda 
Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai 
nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama 
janrining barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining 
birinchi qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, 
Mirmuxsina-Fikriyaning “Farzandsiz Ochildiboy” va Hamzaning bir 
qator asarlarining yaratilishida turtki bo‘ldi. Behbudiy 1919 yil Qarshida 
sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl 
etildi. 
Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday 
yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat 
bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy 
qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat 
uchun kurashga chorlab keldi». Qarshi shahri 1920-1930 yillarda 
Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937 yilga kelib qatag‘on 


qilinadi va 1956 yilda oqlanadi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va 
rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga 
xizmat qilmoqda. 1977 yil Behbudiyning “Saylanma”si chop etildi. 
Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi 
kunda ko‘chalar va maktablarga uning nomi berilgan. U 1899 yilda 
hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga ega bo‘lib qaytgan. Behbudiy 
o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar 
yaratgan. Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan 
atalgan. Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola 
va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» 
(«Qisqacha umumiy jug‘rofiya» 1903), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar 
uchun kitob», 1904), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha 
tarixi», 1904), «Amaliyoti islom» (1905), «Rusiyaning qisqacha 
jug‘rofiyasi» (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Uning 1901 yildan 
boshlab «Turkiston viloyati gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», 
«Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ 
Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so‘z», 
«Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyna» 
kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyiarvar 
kishilar va, ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan. U ayni 
chog‘da yangi usuldagi maktablarning asoschisi va targ‘ibotchisi, yangi 
darsliklarning ilk muallifi ham bo‘ldi. Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy 
buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz 
tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi. 
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining 
mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, 
olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 
iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka 
oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri 
koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl 
ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng 
madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. 
Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib 
turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u 
maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy 
harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi. 
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng 
muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. 
Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi 


jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 
yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi 
usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. 
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” 
ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli 
toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. 
Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek 
Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi 
taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) 
shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), 
“Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar 
hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va 
uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli 
lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat 
tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi, 
bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda 
Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. 
U 1934 yilda vafot etdi. 
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. 
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik 
voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining 
guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va 
maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi” qoldirdi. Uning madaniyatimiz 
tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash 
zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik 
faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi 
bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda 
muhim manbalardandir. 
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, 
dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy 
vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga 
aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq 
maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi 
sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr 
oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi 
muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik 
mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr 
boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. 
Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va 


ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy 
yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, 
Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda 
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning 
uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu 
har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq
sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda 
shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining 
oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda 
borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni 
yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”. 
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, 
Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr, 
hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha 
murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy 
kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech 
ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib 
qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch 
kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt 
gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday 
muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun 
mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida 
gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal 
qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, 
yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida tezda 
ilgʻab oldi. 
Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II, 
III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” 
(1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot 
sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan, 
jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari 
qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan 
Avloniyning bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga 
ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. 
Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini 
boyitgan. 
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu 
boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning 
yaratuvchilaridan boʻldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi 


“Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga 
aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq 
shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib 
ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. 
Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, 
ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi. 
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi 
(“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat 
marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi 
sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski 
chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati 
riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor 
vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin 
tushkun ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 
1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 
1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari 
esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik 
aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. 
Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda 
“Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini 
ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari 
ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. 
Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi 
namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari 
(“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan 
kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni 
oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu 
(“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy 
(“Padarkush”) rollarini ijro etgan. 
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) 
komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya 
inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek 
dramaturgiyasining 
maydonga 
kelishi 
va 
teatrchilikning 
xalq 
orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali 
Turkistondagi 
huquqsizlik, 
dunyodan 
xabarsizlikni 
fosh 
etdi. 
“Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar 
obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini 
koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 
yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh 


turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va 
gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz” da esa XX asr boshidagi 
Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar 
misolida yoritib berdi. 
Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917 
yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi. 
Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. Hozirda uning 
turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop 
etilgan. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin