tomonidan yog‘dirilgan tuhmatlar hamda matbuotda bosilgan feletonlar.
Isboti topilmagan gumonlar bilan ayblangan. Majid Qodiriy 1930 yildan
so‘ng ham maktab va O‘rta Osiyo universitetida ta'lim berib kelgan.
1937 yilda NKVD xodimlari tomonidan “xalq dushmani” aybi bilan
qamoqqa olingan. Rasmiy hujjatlarda 1938 yilning 2
aprel kuni hibsga
olingan deb ko‘rsatilgan. 1938 yilning 12 sentyabrida “troyka”
tomonidan oliy jazoga hukm qilingan, hukm (SSSR Oliy sudining
Harbiy kollegiyasi, 05.10.1938 — Oliy jazo hukmi) Turkiston tarixidagi
eng qonli kun – 1938 yilning 5 oktyabr kuni ijroga keltirilgan (Rossiya
Federatsiyasi
davlat arxivi, 24 jild, 418 ish, 114 varaq).
Abdurashidxonov Munavvarqori (1878–1931.23.4) – siyosat va
ma'rifat arbobi, Toshkentda jadidchilik harakatining yirik rahbari. 20-asr
o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi
milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. 1901 yilda usuli jadid
maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o‘quvdasturini
tuzgan, darsliklar yozgan.
Dostları ilə paylaş: