O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi (1993-yil 26-oktbyardagi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO tashkiloti
o‘rtasidagi Xamkorlik Shartnomasi asosida).Ta'lim sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning talablariga
asosan Respublikasining
YUNESKO bilan hamkorlik o‘rnatgan umumta'lim maktablariga
ta'limga yangi, innovatsion o‘qitish usullarini tadbiq etish va ulardan
samarali foydalanish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatadi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Respublikamizning
bir qatorumumta'lim
maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalarida va
bolalar va o‘smirlar sport maktablarida informatika, sport, musiqa va
turli madaniy tadbirlarni amalga oshirish va ko‘maklashish bo‘yicha
ko‘ngillilar faoliyat
yuritadi;
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Respublikamizning
bir qator umumta'lim maktablarida koreys tilini o‘qitish bo‘yicha
ko‘ngillilar faoliyat yuritadi;
“Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan Xalqaro
xayriya fondi. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi
vazirligi,
“Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan Xalqaro xayriya
fondi va “Siloam Center for the Blind” (Koreya Respublikasi) Xayriya
tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik shartnoma). Mazkur shartnoma xar yili
o‘zaro kelishuv asosida tuzilib, Respublikadagi imkoniyati cheklangan
bolalar bilim oladigan ta'lim muassasalariga texnik beg‘araz
yordam
ko‘rsatiladi hamda maxsus maktablar o‘qituvchilari uchun malaka
oshirish kurslari amalga oshiriladi;
O‘zbekistondagi Jahon Banki vakolatxonasi. Xalq ta'limi tizimi
muassasalari
va
tashkilotlarining
moddiy-texnik
bazasini
takomillashtirish yo‘nalishida Xalq ta'limi vazirligi,
Jahon Banki va
Ta'limda Global Hamkorlik tashkiloti ko‘magida amalga oshirilayotgan
“Maktabgacha va umumiy o‘rta ta'limni takomillashtirish” loyihasi
amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: