xalqimizning ishtiroki va qo’llab – quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir.
Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa
bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning
eng samarali
zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni
uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab
qilinadi.
O’rta maktablarda matematika o’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan
belgilanadi:
1. Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni
qo’yadi:
a) O’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish.
Bu bilimlar tizimi matematika fani to’g’risida o’quvchilarga yetarli darajada
ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo’limlarini o’rganishga
tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o’quvchilar o’qish
jarayonida
olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o’rganishlari, ya’ni isbotlash
va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.
b) O’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida xatosiz so’zlash, o’z fikrini
aniq, ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini o’zlashtirishlariga yordam
berishi kerak. Bu degan so’z o’quvchilarning har bir matematik qoidani o’z ona
tillarida to’g’ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik
ifodasini formulalar yordamida to’g’ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha
shakllantirish demakdir;
v) O’quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga
o’rgatish. Bu yerda o’quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan
tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko’zda
tutiladi.
Bunday bilim berish orqali o’quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari
shakllanadi hamda mantiqiy fiklashlari yanada rivojlanadi[1].
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan
biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
Barcha fan
o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham dars mashg‘ulotlari
jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
Interfaol - o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik tufayli dars
samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
423
munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi darsda o‘quvchi faol
ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya‘ni ham
fikrlaydi,
ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o‘zi
faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab
yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda
qiziqish bilan kirishib
ketadilar.
Boshlang‘ich sinflarda qo‘llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning
maqsadi: O‘quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin
fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat.
Hozirda keng
qo‘llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko‘p bo‘lib, ularning hammasi
ham boshlangich ta‘limda qo‘llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda
boshlangich sinf o‘quvchisining o‘qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda
aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o‘quvchi o‘qishi bo‘ladi. Interfaol metodlar nisbatan
kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko‘proq uzluksiz ta‘lim tizimining o‘rta va
yuqori bo‘ginlariga mo‘ljallangan bo‘lib, boshlangich sinflarda qo‘llash tajribalari
juda kam. Shuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf
matematika darslarida qo‘llash mumkin bo‘lganlari haqida so‘z yuritamiz.
Interfaol metod sinfda o‘tiladigan mavzular yuzasidan
muammoli vaziyatlarni
muhokama qilishda -Aqliy hujum, -Adashgan zanjirlar, -Savol bering, -Insert, BBB, -
Bahs – munozara, -Muammoli savollar, -Kichik guruhlarda ishlash, -Burchaklar
metodi-, -Kubiklar metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda
yaqindan yordam beradi.
“Aqliy hujum” texnologiyasini qo‘llash bir muammoni hal qilish yo‘lidan
turlicha va iloji boricha ko‘proq taklif, fikr – mulohazalarni yig‘ishdan iborat.
Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi.
Keyin esa, ularning ichidan eng
ma‘qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo‘llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni
-Eslab qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ularni
shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog‘ozga yozib boradi.
Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma
takliflarni yig‘ish mumkin.
- Quyidagi shaklda nechta to‘rt burchak bor?
Bunda takliflar to‘rtburchaklar sonini sanash usuliga
oid bo‘lib, ularning sonini to‘g‘ridan – to‘g‘ri aytish
talab qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3,
4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to‘rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig‘iladi.
Masalan: 1 dan 20 gacha bo‘lgan barcha natural sonlar yig‘indisini topish yo‘li
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
424
so‘raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo‘yicha yig‘indi
topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik
taqdirlanadi. Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo‘lib hal qilishi ham
o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashishga, bir – birini to‘ldirishi, kerak bo‘lsa bir – biriga
o‘rgatishga o‘rgatadi. Bunday usulni -Juftlikda ishlash‖ deb ataladi. O‘qituvchi
o‘quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo‘lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi.
Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo‘lishi maqsadga muvofiqroqdir.
Dostları ilə paylaş: