Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
217
w
www.oriens.uz
July
2021
Matematika o’qitishning maqsadi.
Boshqa har qanday o’quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi
matematika O’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematikao’qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
a) O’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu
bilimlar matematika fani to‘g‘risida o’quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi,
ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o’quvchilaro’qish jarayonida olgan bilimlaming
ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy
metodlarini egallashlari lozim.
b) O’quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish
lozim bo‘ladi.
Matematikani o‘rganish o’quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini
to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish
malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) O’quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga
o‘rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o’quvchilarning fazoviy tasavvur qilish
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: