Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 216
w www.oriens.uz July 2021 takomillashtiriladi. Boshlang'ich sinflar uch yil o'rniga 4 yillik ta'limga
otkazildi.Boshlang'ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o'tish munosabati
bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun
mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan
tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan
bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.
«Metodika» grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika
metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib,
jamiyat
tomonidan
qo'yilgan
o'qitish
maqsadlariga
muvofiq
matematika
qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.
Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o’qitishdan ko zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun
o'qitiladi).
2. Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan
qaysi material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material
tanlanishi,
boshlangich
sinflarda
kursning
har
qaysi
ayrim
masalasi
umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda
o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi).
3. O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o'qitish kerak, ya'ni
oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy
qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday
bo'lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni qanday o'rganish
kerak, jumladan, bu mavzuda qo'shishning o'rin almashtirish xossasini qanday ochib
berish kerak?).
4. O'qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma - qo'llanmalar
va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o'qitish?). kerak!
5. Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan
tashqari formalarini qanday o tkazish?. O quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda
o’tkazish kerak?. O quv prosessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib
samaraliroq hal qilish kerak?).