2021 boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'qitish metodikasi dusmanova Maxbuba Begbutayevna



Yüklə 405,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü405,6 Kb.
#117450
növüСтатья
1   2   3   4   5   6
boshlangich-sinflarda-matematika-fanini-oqitish-metodikasi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
219 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Matematika o’qitish metodikasida “o’quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” 
tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O’qituvchilar uchun qo‘llanmalarda 
didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga 
imkon beradigan mezonlar aniq emas. 
Amaliyotda o’qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri 
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik 
materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va 
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir 
barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday 
o‘rgatuvchi mashina O’qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira 
olmaydi. 
XULOSA 
Shunday qilib, didaktik materiallarni o’quvchilarning o’quv materialini 
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga 
muayyan usul mazkur sinf, mazkur o’qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham 
mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o’qituvchini o’quvchilarning bilimlarni 
o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun 
nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.Bu umummetodikaning asosiy 
vazifalaridan biridir. 
2. O’quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash. 
I-IV sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy 
vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada 
tayyorgarligi borligiga bog‘liq. 
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o’quvchilarining 
bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o’quvchilarning bilimlarini 
yaxshi biladigan o’quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O’qituvchi quyidagi 
tartibda o’quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi:
1. Nechagacha sanashni biladi? 
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi? 
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi? 
5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa 
oladimi? 
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 
8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi? 



Yüklə 405,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin