Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari


klaster doirasidagi ishtirokchilar bir – birlari bilan bevosita



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix19.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#117762
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ro`zmetova. g. turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va turizm biznesini rivojlantirishda klaster yondashuvining roli. (kurs ishi) 2015

klaster doirasidagi ishtirokchilar bir – birlari bilan bevosita 
raqobatlashmaydilar, sababi ular turli tarmoqlarga xizmat ko‟rsatadilar. 
 
Klaster faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan davlat va 
xususiy investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning deyarli barcha sube‘ktlariga foyda 
keltirishini unutmaslik lozom. 


44 
Xulosa va takliflar 
Hozirda turizm ijtimoiy muammolarni hal qiladigan, yangi texnologiyalarni 
kiritadigan eng kuchli omillardan biri hisoblanadi. Aynan shuning uchun biz 
turizmning “XX asr Fenomeni”, “turistik portlash”, “turistik inqilob” degan 
xususiyatlarini tez-tez eshitamiz. Afsuski, uzoq vaqt turizmning roli yetarlicha 
baholanmagan va bu faqat ohirgi 10 yillikda intensiv ravishda rivojlanishni 
boshladi. Bu tarmoqni oqilona, maqsadli va samarali boshqarish uchun aniq 
ishlab chiqilgan strategiyadan tashqari uning oldingi davrlarda qanday ishlaganini 
tadqiq qilishimiz lozim. Yaqin o‘tmishda ―turizm‖ degan so‘zda odatda bizning 
mamlakatimizga tashrif buyurgan chet el fuqarosi tushunilardi yoki chet davlatga 
chiqish imkoniyati paydo bo‘lgan baxtli insonlar tushunilgan.
Bugungi kunda tabiiy – iqlimiy, tarixiy madaniy, ma‘rifiy, ijtioiy – maishiy 
turizm obe‘tlari bo‘lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Ammo bir necha sabablarga ko‘ra ichki turizm 
mavsumiy harakterga ega bo‘lib qoldi. Avvalambor – bu tabiiy – iqlimiy 
sharoitlar sabablidir. Ikkinchidan bu turistik mahsulotlar sonining ancha kamligi. 
Uchinchidan bu turistik infratuzilmani rivojlanmagani. To‘rtinchidan esa 
an‘anaviy dam olish paytlarida maktab o‘quvchilari va talabalarning ta‘tili bilan 
bog‘liqligidadir. Hozirgi kunda Respublikamizda hukumat e‘tibori doirasida bir 
nechta hududlarda maxsus turistik rekratsion turdagi iqtisodiy zonalarni barpo 
qilish rejalashtirilgan va amalga tadbiq qilingan. Masalan, mamlakatimizning 
hozirgi ekologik iqtisodiy rayonlari tizimi asosan O‘zbekistonning iqtisodiy 
rayonlari tizimiga mos keladi. Bu faqat Tarixiy – madaniy turizmni emas, balki 
ekologik turizm rivojlanishiga, nafaqat ekoturizmning sog‘lomlashtiruvchi va 
ekzotik turlarning rivojlanishiga ham zamin yaratadi.
Shu narsa muhimki, bozor iqtisodiyoti sharaoitlarida raqobat sifatli va shu 
bilan birga arzon tavarlar va xizmatlar yaratish asosiy turtki beruvchi kuch 
hisoblanadi. Bir xil mahsulotni ishlab chiqaradigan korxonalar o‘zining ishlab 


45 
chiqarishini muntazam ta‘minlay olsa, hamda yangi innovatsion texnologiyalarni 
qo‘llay olsa, raqobat sharoitida ustunlikka erishadi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, agar tarmoqda monopolist bo‘lsa, u o‘z 
shartlarini iste‘molchiga qo‘llay oladi. Korxonalar orasidagi sog‘lom raqobatgina 
iste‘molchiga u hohlagan va unga optimal to‘g‘ri keladigan mahsulotni tanlashga 
imkon yaratib beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday yondashish 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun hosdir. Turizm tarmog‘i ham bundan 
mustasno emas. Agarda turizmni ko‘pchilik boshqa tarmoqlar bilan bog‘liqligini 
hisobga oladigan bo‘lsak, biznes uchun ayniqsa kichik biznes uchun keng 
imkoniyatni kuztish mumkin. 
O‘zbekiston turistik – rekratsion potensialga juda boy, ammo shunday bo‘lsa 
ham turizmda yetishmovchiliklar mavjud. O‘zbekistonni turistik salohiyatini 
asosan Aleksandr Makedonskiy, Chingizxon, Amir Temur va so‘ngi xonliklar 
davrida bunyot etilgan 4000 dan ortiq katta kichik tarixiy yodgorliklar ham 
belgilab beradi. Ma‘lumot sifatida shuni ta‘kidlash joizki, respublikamizda 
kelishi, joylar soni hamda ularga bo‘lgan talab bo‘yicha jahonning birinchi 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin