Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix19.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#117762
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
ro`zmetova. g. turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va turizm biznesini rivojlantirishda klaster yondashuvining roli. (kurs ishi) 2015

Yaqin kelajakda 
turizmning eng ommabop turlari kruizlar, ekologikturlar, sarguzasht, bilish 
hamda 
tematik 
turizm 
bo`lishi 
nazarda 
tutilyapti. 
Ko`plab mualliflar turmahsulotga bo`lgan talab nafaqa yoshidagi (senior) 
insonlar guruhi tomonidan o`sishi mo`ljallanmoqda. Bo`sh vaqtning ko`pligi, 


27 
moddiy to`yinganlik, ijtimoiy hamda psixologik gedonizatsiya bularning hammasi 
kelajak avlodga optimistic ruhda qarashni bildiradi. Seniorlarning ko`pchiligi 
ayniqsa, AQSH, Germaniya, Yaponiya nafaqaxo`rlari ekoturlarda qatnashadilar. 
Bu tendensiya ekoturistlar yoshi 35-54 yoshlar oralig`ini ko`rsatiladi. 
1.2.2 - chizma
TURIZMNING JAHON BOZORIDAGI ZAMONAVIY FAKTORLARI 
 
 
 
 
Manba: Ma‘lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 
Turizmning global bozoriga kirmoqchi bo`lgan mamlakat va regionlar uchun 
narx raqobatini yengib o`tish bir muncha qiyin bo`ladi. Bozorning uncha katta 
bo`lmagan hamdan yetarlicha mablag`ga ega bo`lmagan vakillari o`zlarining 
xarajatlarini zo`rg`a qoplashlari yoki biror bir foyda ko`rishlari biroz mushkul, 
ular o`z mahsulotlarini juda past narxlarda taklif etishlariga to`g`ri keladi. Bundan 
kelib chiqib, region tabiiy muhiti hamda madaniy o`ziga xosligi sababli bozorga 
taklif etilayotgan turistik mahsulotlarning yangi sifatlarining roli oshib boradi. 
Talab diversifikatsiyasiga borib taqaluvchi bu tendensiya regionalizatsiya 
sifatida qayd etilishi mumkin. Regionalizatsiyaning ijtimoiy - iqtisodiy natijalari 
turizm globalizatsiyasi salbiy effektlariga qarama - qarshi tushuncha hisoblanadi. 
Uning ijobiy roli shundaki, ma`lumki, faqatgina madaniy emas, balki ekologik 
aspect jihatidan ham ommaviy va sanoatlashgan jahon turizmi allaqachon ko`plab 


28 
noxushliklarni olib kelgan va bu hol hozirgacha davom etyapti, ko`plab turistik 
regionlar tabiiy ekosistemalari buzilishiga katta ta`sir ko`rsatib kelmoqda. 
Dunyoning turli makro regionlarida bir xil bo`lmagan temp asosida hamda 
intensivlikda rivojlanib borayotgan turistik globalizatsiya jarayoni bugungi kunda 
va kelajakda ham turlicha rol o`ynaydi. Ayniqsa, Yevropa davlatlari uchun bu 
kam ahamiyatli bo`lib, hozirda turmahsulotning juda ahamiyatli bo`lgan regional 
diversifikatsiyasi uchun xarakterlidir. Buni Yevropa qit`asiga yo`nalgan hamda 
undan butun dunyo tomon harakatlanayotga sayyohlik oqimidan ham bilish 
mumkin. Shuni belgilab o`tish zarurki, 1996 - yilgi BTTning 2000 - yil 
prognozlari real turistik oqim o`sishi va intensivlik darajasi ko`rsatkichdan farq 
qilgan ya`ni, Yevropada o`sha yili bu ko`rsatkich 403,3 mln kishiga yetgan, bu 
esa prognozlangan natijadan 50mln kishiga ortiqdir. Bu shuni anglatadiki, turizm 
sohasidagi globalizatsiya kutilganidan ko`ra katta templar asosida rivojlanib 
bormoqda. Qit`alararo turistik oqimlar ham kutilganidan ancha ko`p ya`ni, 
Yevropa va Shimoliy Amerika qit`alri aro oqimlar 30 mln kishiga, Shimoliy 
Amerika va Janubiy - Sharqiy Osiyo orasida 10 mln kishidan ortiqdir. Oqimlar 
oshish tempida Janubiy - Sharqiy Osiyo liderlik qilmoqda. 
Bu ketishda, qit`lar aro turistik oqimlar o`rtacha 22% dan 27% gacha ortib, 
Afrikada - 5,5% ga, Amerika uchun 3,9% ga, Janubiy - Sharqiy Osiyoga 6,5% 
ga, Yevropa uchun 3,0% ga, Janubiy Osiyo uchun 6,2% ga ortishi kuzatiladi. 
BTTning 2020 - yilga qilgan prignozi bo`yicha, Osiyoga bo`lishlar soni 
Yevropaga tenglashib, Xitoy eng ko`p tashrif buyuriladigan mamlakat sifatida 
Fransiyani ortda qoldirib, eng katta sayyoh uzatuvchi mamlakatlar orasida 
to`rtinchi bo`lishi kutilmoqda. Jahon turizm bozori haqida ma`lumotga ega 
bo`lish uchun avvalo, dunyo Turizm statistika ma`lumotlarini ko`zdan kechirish 
foydadan xoli emas. 
Xalqaro turistik tashriflar 2012-yilda 1.035 mlrd ga yetgan, bu esa 2011-yil 
ko`rsatkichi 983 mlndan ortiqdir. 2011 – 2012 – yillarda xalqaro sayohatga 
bo`lgan talab 2000 - yillar resessiyadan keyingi pasayishdan tuzalishda davom 
etdi. 2008 - yilning birinchi yarmidagi 5% li o`sishdan so`ng, xalqaro turizm 


29 
oqimi salbiy tomonga o`zgara bordi va yiliga 2% li ko`rsatkich bilan yil 
yakunlandi. (Taqqoslash uchun bu ko`rsatkich 2007 yilda 7% ni tashkil etgan). 
Salbiy holat 2009-yil davomida chuqurlashib, ba`zi mamlakatlarda 
H1N1 grip 
virusi
tufayli yanada ahvolni og`irlashtirdi va butun dunya bo`yicha 2009 - yil
xalqaro sayohatlarga jo`nashni 4.2%ga (880 mln), xalqaro turizm qabul qilishni 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin