Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari


mln AQSH dollari foyda ko`radi. Kosta - Rika, turistlar qabul qilish  bo`yicha yetakchi bo`lgan mamlakat, har yili turizm tashtiflari soni 781 ming



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix19.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#117762
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
ro`zmetova. g. turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va turizm biznesini rivojlantirishda klaster yondashuvining roli. (kurs ishi) 2015

200 mln AQSH dollari foyda ko`radi. Kosta - Rika, turistlar qabul qilish 
bo`yicha yetakchi bo`lgan mamlakat, har yili turizm tashtiflari soni 781 ming ta 
ortadi. Mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 66%i QQTHda sayohat 
qiladilar. Gondurasda har yili turistlardan keladigan daromad yiliga 13-15% 
gacha o`sadi. Keniyada 1983– 1993 - yillar oralig`ida turistlar soni 45% ga 
o`sdi. Mamlakatga tashrif buyuruvchi 80% dan ortiq sayyoh tabiiy turistik 
resurslarga qiziqish bildirgan. 
Ma`lumki, turmahsulot istemolchisining marketing profilini aniqlashda 
uning turni tanlashdagi psixologik, xulq- atvor va motivatsion aspektlari 
xususiyatlarini namoyon etish zarur. Bu tur firmalarga marketing strategiyasining 
5 asosi (tovar, narx, joy, olg`a surish, omma bilan aloqa) ni belgilab olishga 
imkon 
yaratadi.
Xalqaro turist marketing profilini yaratish Xalqaro Ekoturizm Jamiyati (TIES) 
buyurtmasiga asosan Amerika konsalting firmasi ―HLA & ARA‖ tomonidan olib 
borilgan.  


25 
1.2.1 -chizma 
Natijada turistni (asosan Yevropa va AQSH) ifodalovchi quyidagi 
ususiyatlar aniqlandi:
 
Manba: Ma‘lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 
Keyingi tadqiqotlar mijoz tanlovini amalga oshiruvchi turning eng muhim 
3 elementlarini bilishga imkon yaratgan:
1) bo`lajak sayohat hududining unikalligi;
2) professional gid hamrohligiga ega bo`lish;
3) aktiv dam olish imkonining mavjudligi (sayrlar, piyoda yoki otda yurish, sport 
turizmi mashg`ulotlari bilan shug`ullanish va h.k.). 
Mahalliy aholi madaniyatiga qiziqadigan ekoturistlar uchun qadimiy 
vayronalar, muzeylar va mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvlar ehtimoli 
yuqori bo`ladi. 10% dan ziyod tajribali turistlar gidning malakasini sayohatga 
chiqish motivatsiyasida eng yuqori o`rinlarga qo`yadilar. Bu ko`pchilik tur firma 


26 
mijozlarining ular tashtif buyuradigan joy tabiati, madaniyati va tarixi haqidagi 
ma`lumotlar kamligidan qilgan shikoyatlari bilan bog`liq.
Turistlarning rekreatsion ehtiyojlari jadallik bilan o`zgarishi alohida e`tiborga 
molik: Faqatgina 45% turist o`zining keyingi sayohatini oldingiday o`tishini 
xohlaydi. Qolganlari har doim biror yangilik yoki sarguzashtni izlab murojaat 
etishadi. Shuning uchun turoperatorlar katta tajribaga ega bo`lgan turistlar 
ehtiyojiga nozik yondoshib, ular uchun doimiy ravishda yangi programmalar 
yaratib eskilarini esa havaskor turistlar uchun qoldirishlari kerak.
Tajribali turistlar, yuqorida qayd etganimizdek, bir necha faol hordiq 
chiqarish elementlarini o`zida qamrab olgan, ayniqsa, suvda kechadigan turlarga 
e`tiborlarini qaratishadi.
Joylashuv maskanlari tanloviga kelganda, 40% turistlar qishloq uylarida, 27%i 
palatali lagerlarda, 21% qulay mehmonxonalarda, 33%i esa oddiy 
mehmonxonalarda tunashni afzal ko‘rishadi. Kanada turizm xizmari 
ma`lumotlariga ko`ra, sarguzasht turizmi ixlosmandlarining 41%i kottej yoki 
qishloq kulbalarida, 40% dan ortig`i esa palatkali lagerlarda yo maxsus qisqa 
muddatli yotoqlarda tunashni xohlashlarini qayd etishgan. 
Xalqaro sayohatlar dinamikasini, xalqaro turistik tashkilotlar (WTO, WTTC) 
prognozlarini, xalqaro ekspertlar fikrlarini analiz etib, hozirgi kun xalqaro turizm 
va ekoturizmning quyidagi tendensiyalarni belgilash mumkin. BTT ―Tourism 
Vision 2020‖ prognoziga ko`ra, 2020 - yilga kelib xalqaro turistik tashriflar soni 
1,6 mlrd birlikkacha o`sadi. 2000 - yilda 702 mln xalqaro tashriflar kutilgan bo`lsa, 
2010 - yilda bu ko`rsatkich 1,018 mlrd bo‘ldi, 2020 - yilda esa 1,6 mlrd tashrif 
kutilgan. Bu 1996 - yildagidan 3 marta ko`p (592 mln tashrif) degani. Shu o`rinda 
mamlakatlarda turizm sohasini rivojlantirish yanada oshayotganiga tayanib, bu 
ko`rsatkichlar yanada ortadi degan farazlar ham yo`q emas. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin