Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari


Klasterlarni shakllantirish



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix19.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#117762
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ro`zmetova. g. turizm sohasida raqobatbardoshlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va turizm biznesini rivojlantirishda klaster yondashuvining roli. (kurs ishi) 2015

Klasterlarni shakllantirish – bu bir – birining raqobatbardoshligini oshirishga 
o‘zaro ko‘maklashuvchi uzviy bog‘langan firmalar, tarmoqlar birlashmalarini 
shakllantirish jarayoni. Davlatning butun iqtisodiyoti uchun klasterlar ichki 
bozorning o‘sish nuqtalari va xalqaro iqtisodiyot bazasi rolini bajaradi.
O‘zbekiston milliy turizmini tashkil etishning klaster shakli ko‘zlangan 
maqsadlarni amalga oshirish va tarmoqlar o‘rtasidagi muhim o‘zaro bog‘liklarni 
aniqlash imkonini bergan bo‘lar edi. Bu turizm va xizmat ko‘rsatishni tarkiblash 
masalasiga nisbatan mutlaqo yangicha yondashuv bo‘lib, (yangi g‘oyalarni 
tuzishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, turistlarni sifatli kutib olishdan yoki 
sifatli xizmat ko‘rsatishdan tortib to kuzatib qo‘yishgacha) raqobatbardosh 
mahsulotni barpo etish bo‘yicha tizimli boshqaruvni amalga oshirish imkonini 
beradi. 
Xo‘jalik ahvolini maqbullashtirish va diversifikatsiya qilish, xalqaro turizm 
tizimi hamda global strategiyalarni amalga oshiruvchi yuqori texnologik xorijiy 
kompaniyalarning ishlab chiqarish zanjiriga faol integratsiyalashish, eksportdan 
olinadigan daromadlarni ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va 
ishlab chiqarish jamg‘armalari uchun sarflash – bular O‘zbekiston 
raqobatbardoshlikning mazkur determinantini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan 
yo‘llardir.
Garchi bugungi kunda ko‘plab raqobatbardoshlik nazariyalari butun dunyoda 
barcha tipdagi davlatlarga nisbatan qo‘llansa – da, o‘zining dastlabki ko‘rinishida u 
birinchi navbatda, rivojlangan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan edi.
Iqtisodiy rivojlanishning postindustrial davrida klasterlar korxonalarning 
ma‘lum bir guruhi bo‘lib, uning tarkibiga ma‘lum bir hududda joylashgan o‘rta va 
kichik korxonalar kiradi. Bu ma‘lum bir hududni shuningdek umuman davlatni 
samarali iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlaydi. Ular biznes sifatida namoyon bo‘lsa 
ham biznes ijro hokimiyatini va qonunchilik hokimiyatini birgalikdagi harakatini 
talab qiladi. Bu hududni iqtisodiy rivojlanishini asosini tashkil qiladi. Klasterni 


40 
shakllantish uchun ularni qatnashchilarini bir-biriga ishonchlari yuqori bo‘lishi 
kerak, shuningdek iqtisodiy jarayonlarni uzoq muddatli, gorizontal biznes bilan 
rivojlantirish kerak.
Turistik biznesga klaster yondashuvining qo‘llanishi klaster korxonalarni 
xarajatlarni ko‘proq qisqartirish imkonini yaratadi. Yevropa mamlakatlarida 
klasterning vujudga kelishi va shakllanishi 70-yillarda vujudga kelgan bo‘lsa, 
O‘zbekistonga ancha kechikib, endi – endi kirib kelyapdi. Hududlarda bunday 
yondashuv ijtimoiy infrastrukturani, jumladan maktab, kasalxona, yuqori 
texnikali o‘rta korxonalarni kompleks shakllantirishni talab qiladi. 
Klaster yondashuv korxonalar uchun kichik biznes bilan bir qatorda ijobiy va 
shu biln birga kata ahamiyatga ega. Bu unifikatsiyalangan boozorga chiqish 
to‘sig‘ini klaster doirasida sezilarli darajadi hisob - kitob qilish, resurslarni 
maqsadga muvoffiq taqsimlanishi (insoniy, moliyaviy, texnologik, texnik) va 
klasterning barcha qatnashchilarini mutloq ommalashtirilishi e‘tiborlidir. 
Hududlar uchun bu aholi bandligini ta‘minlash, ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish, malakali mutahasislarni jalb qilish.
Klaster yondashuvning tahlil qilinishi ishlab chiqarish soxasida tahlil 
qilinadi. Turizm sohasida bo‘lsa, bunday tahlildagi yondashuv amaliyotda hali 
mavjud emas. Turizm biznes tahlilida klaster ma‘lum bir hududlarni 
rivojlanishida raqobatbardoshlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish 
masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Bu turizmda bir qancha muhim belgilar 
jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni geografik jihatdan yaqinligiga asosiy 
e‘tibor beriladi. Turistik biznesning o‘ziga xos xususiyatlari hozirgi kunda klaster 
yondashuvning dolzarbligini oshiradi, chunki turizm keng deapozonli soha bo‘lib, 
turli tarmoqlardagi aloqalarni asosan kichik va o‘rta biznesni qamrab oladi. 
Turizm sohasidagi mahsulot ko‘pincha nomoddiy harakterga ega bo‘ladi. Turizm 
industriyasi bir qancha hususiyatlarga ega bo‘lib, u dam olish va sayohat 
sohalarida klaster yondashuvni ahamiyatini oshiradi. 
Turizmda klaster yondashuv – bu yondashuv bilan rekratsion va turistik 
biznes rivojlanadi. Bu yo‘nalish korxonaning servis ob‘ekti, infretuzilmasi va 


41 
korxonani raqobatbardoshligini oshiradi. Rekratsion rivojlanish, turizm 
korxonalari va rekratsion hududlarni qanday bo‘lmasin loyihalashtirish yordami 
bilan rivojlantirish, klaster shakliga yondashish manfaatdor ayrim bir aloqador 
ob‘ektlar yig‘indilarini rivojlantirishdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki bozor 
sharoitida klaster – ayniqsa samarali va elastic tuzilishdir. Uning negizida ikkita 
prinsip yotadi: 
2.2.1 - chizma 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin