Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib,
nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z
ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, sifati oast tovarlarni
ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki pasaytirilgan xarid
narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi
o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin .
Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta’kidlab kelingan va bir qancha
buyuk iqtisodchilar bu haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Buning yorqin misoli
sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
- Arnold Xarberger fikriga ko’ra
bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat boyliklarining bir qismini
qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o’z tasdig’ini
topgan.
7.2-rasm.Jamiyatning qaytarib bo’lmas yo’qotishlari .
Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni
oshiruvchi stimul
yo’qligini ta’kidlaydi. Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini
ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar
odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi
daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan .
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik .
Umuman
olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor
iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay.
Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish
haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga
jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga
ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham
mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt
maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda
deyarli barcha mamlakatlar
iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari
qo’llanilib, bu
monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi .
Davlat
monopoliyaga
qarshi
siyosat
yurgizishda
avvalo,
qonun
tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya
qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon
antimonopol qonunchilik deb ataladi .
Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH
hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha
mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar
bundan mustasno) .
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan
monopolistic hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan.
Monopolistik
hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish
kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq
monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga
o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi .
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi,
shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu
esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z
aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni
iqtisodiyotning
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat
mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash,
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi .
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida,
umuman olganda,
bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan
jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi
siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U,
birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni,
ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin
bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning
iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni
o’qotishni taqozo etadi .
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar,
qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining
berkligi va hokazolar ana
shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin .
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin
bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin,
ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari
harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi
omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi,
xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va
hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan
himoya qilishga yordam
beradi .
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli
ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita
tartibga solish .
Dostları ilə paylaş: