9
keskin zaruriyatni xis qilganlar. Angliyadagi sanoat inqilobi boshqaruvga
shoʻbaiqishni dastlabki uygʻotuvchi asosiy kuch boʻlgan. Ammo boshqaruv
tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga katta hissa qoʻshishi haqidagi gʻoya
birinchi marta zamonaviy boshqaruvning vatani boʻlagan Amerikada vujudga
kelgan. XX asrning boshlarida, joʻshqin rivojlanish davrida, Qoʻshma Shtatlar
amalda inson oʻzini kelib chiqishi, millati bilan bogʻliq qiyinchiliklarni yengib oʻtib,
tashabbuskorligi va shaxsiy omilkorligini namoyon qilishi mumkin boʻlgan yagona
mamlakat boʻlgan. Millionlab yevropaliklar Amerikaga koʻchib oʻtganlar va
shuning bilan u yerda juda katta ishchi kuchi bozorini tashkil qilganlar. Qoʻshma
Shtatlar deyarli oʻzlarini vujudga kelganlaridan boshlab barcha istovchilar uchun
taʼlim olish gʻoyasini jiddiy qoʻllab quvvatlaganlar, bu biznes va boshqaruvda har
xil rollarni bajarishga aqlan qodir odamlar sonini oʻsishiga yordam bergan.
Transkontinental temir yoʻllar Amerikani jahondagi eng yirik yagona bozorga
aylantirgan. Oʻsha paytda amalda biznesda davlat tomonidan tartibga solish mavjud
boʻlmagan, shuning uchun muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar monopolist (yakka
hokim)larga aylanganlar. Natijada yirik sohalar va korxonalar tashkil qilingan,
ularni boshqarish uchun bir shaklga keltirgan usullar talab qilingan.
Menejmentni paydo boʻlishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bogʻliq:
- Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni oʻsishi,
mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning oʻsib borishga qiyinchiliklarini bartaraf
qilishga qodir emasligi;
- Bozor subʼektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini oʻsishi va
bozor aloqalarini kuchayishi;
- Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni oʻsishi
va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
- Yirik korporatsiyalarni paydo boʻlishi va shunga koʻra faqat xo dimlarning
maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini
koʻpayishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi-tadbirkorning oʻzini oʻzi
boshqarishidan butunlay ajraladi;
- Mulkni aksiyadorlar oʻrtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo boʻladi;
- Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan
foydalanishga harakat qilishlari;
- Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish
usullarini yaratish istagi.
Dostları ilə paylaş: