Fan : Operatsion tizimlar
Fan o’qituvchisi : Xolmatov Javlon Yusupovich
Sana : 08.05.2023-yil
Talaba : Beyjanov Umidbek Shavkatovich
Guruh : 110-20
Fakultet : Amaliy matematika
Yo’nalish : Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (KI va DT)
Topshiriq : 2-modul
Variant :
4.
“Планировщик заданий (Topshiriqlarni rejalashtiruvchi)”
yordamida kompyuterda operatsiyalar bajarishni ko`rsating.
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar:
Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun
xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida
ekranga chaqiramiz.
O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?
Win ya'ni Windows (Пуск deb ham nomlanadi) tugmasi ko'pincha Fn va Alt
tugmalari orasida joylashadi va rasmi ham windows'ni eslatadi.
Win bilan yana birorta
tugmani bosish deganda, masalan, Win + R deyilsa bir
vaqtning o'zida Win va R tugmasi bosilishi kerak.
(Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit,
Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa –
msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz.
Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy
buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz.
1️⃣. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga
tushirish uchun buyruqlar:
Ushbu buyruqlarni .exe qo‘shimchasisiz ham kiritishingiz mumkin.
• explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki
Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim
uchun shunday. Aytaylik, siz
tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha
ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash
ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa
elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi
yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача
(Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).
• msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan
Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz:
turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki
Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz
operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan
birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin.
• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga
chaqiradi.
• msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga
chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari
haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi,
protsessor
yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi
ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
• cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows
yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar,
Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida
gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun
mo‘ljallangan.
• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga
chaqiradi.
• sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash,
tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv
nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi.
• mmc.exe – Консоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi
navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari
holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga
va boshqa
ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.
• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish
uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов
yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.
• regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini
ishga
tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab
etuvchi sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi
tushunib olish orqali tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash
tezligini ancha oshirishingiz mumkin.
• perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi
Системный монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim
barqarorligi monitorini o‘z ichiga oladi.
• mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных
программ Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda
mavjudligini ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin (Защитник
Windows bilan
adashtirmang). U har oy yangilanadi va kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan
holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.
• winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка)
haqida ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi.
• calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi.
• charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi
(simvol)lardan foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi
dasturini ishga tushiradi.
• osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga
tushiradi.
• taskmgr.exe — Windows'da
ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda
turgan dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini
o‘zida aks ettiruvchi oynasi ishga tushiradi.
• dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika
uchun yordamchi dasturini ishga tushiradi.
• shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun
buyruq, masalan, shutdown buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida
qayta yuklash
uchun xizmat qiladi.