bo‗lganligi to‗g‗risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material
hisoblanadi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida
o‗rganib bo‗lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali,
masalan, ijodiy xayol bilan bog‗liq jarayonlar: she‘riyat, musiqa, nafosat,
tasviriy san‘at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma‘naviyat,
qadriyat,
qobiliyat, iqtidor, iste‘dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson
ongining namoyon bo‗lishi, rivojlanishi, o‗ziga xos individual va ijtimoiy
xususiyatlari, atoqli shaxslar
bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‗z ifodasini
topadi. Allomalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar zamondoshlari, izdoshlari,
safdoshlarining ta‘rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o‗tadi. Xuddi shu
ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‗rtasida vorislik hodisasi
ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy
tarixiy taraqqiyotning
uyg‗unligini ta‘minlaydi.
Anketa metodi.
Umumiy psixologiyada keng qo‗llaniladigan metodlardan biri bo‗lib, unda
odamlarning
psixologik
xususiyatlari
narsa
va
hodisalarga
nisbatan
munosabatlari o‗rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo‗lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni
aniqlashga mo‗ljallangan savollardan iborat bo‗ladi, ikkinchi xilida esa faqat
bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar
ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to‗rt-
besh to‗g‗ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan
odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga
qiziqishlari qobiliyatlarini, o‗ziga,
tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida
foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini
tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig‗ib olinib, elektron
hisoblash mashinalari
dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa
metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o‗rganish uchun boy material
to‗plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma‘lumotlar
doimo xolisona
xususiyatga ega bo‗lavermaydi. Bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun anketa ichidagi
nazorat vazifasini bajaruvchi to‗g‗ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish
kerak.
Dostları ilə paylaş: