Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

 
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari
2. Kuzatish metodi 
3. Kuzatish metodining texnologiyasi
4. Test metodini izohlang? 
5. Stenford-Bine shkalasini izohlang? 
6. Biografiya (tarjimai hol) metodini gapiring? 
7. Anketa metodi. 
8. Sotsiometriya metodi. 
9. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 
 


SHarq mutafakkirlarining kasbiy ta‟lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik 
qarashlari 
Buyuk ajdodlarimiz kasb – hunar to„g„risida. 
Kasb-hunar egalari qadimdan e‘zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda 
ularga nisbatan hurmat-ehtirom o‗zligimizni anglash tufayli yanada 
jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviyatli, 
mohir kasb egalari tobora ko‗proq talab qilinmoqda. O‗zbekiston Respublikasi 
hukumatining +aror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga 
katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida g‗amho‗rlik qilinmoqda. SHu 
bilan birga, tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng qamrovli universal kasbga 
o‗tish muammosi, g‗oyasi ilgari surilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»da ko‗rsatib o‗tilganidek, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini yanada 
yaxshilash, uzluksiz ta‘limning faol metodlarini qo‗llash, yangi pedagogik 
texnologiyani amaliyotga tadbiq etish, ta‘lim va tarbiya birligi tamoyilini 
sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozim.
Sharq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir 
satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamolati, ma‘naviyati va 
mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib 
shakllantirish va kasb – hunarga o‗rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli 
mulohazalar olsa bo‗ladi. To hozirgacha saqlanib kelayotgan qator me‘moriy 
inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy sa‘nati asarlari (naqqoshlik, 
ganchkorlik, 
me‘morchilik) 
arxeologik 
izlanishlar 
tufayli 
topilgan 
hunarmandchilik buyumlari, bularning barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb – 
hunar o‗rganishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo‗lishiga oid bebaho 
materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi. 
Tariximizga nazar soladigan bo‗lsak, hozirgi o‗zbek xalqining ajdodlari 
bundan bir necha ming yillar avval o‗ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda 
juda katta va mashaqqatli yo‗lni bosib o‗tishganiga guvoh bo‗lamiz. Masalan, 
ajdodlarimizning yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid qarashlari, o‗gitlari haqidagi 
qimmatli ma‘lumotlariga ega bo‗lishimizda eng qadimgi yozma yodgorligimiz 


―Avesto‖ ning o‗rni beqiyosdir. Eng umumiy ravishda ―Avesto‖da inson 
mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug‗ g‗oya ilgari 
suriladi. 
―Avesto‖da yoshlarni kasb-hunarga o‗rgatishga, halol mehnat qilib to‗q 
farovon hayot kechirishga da‘vat etiladi. Bundan ko‗rinadiki, eng qadimgi 
davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo‗lib farovon 
turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qaragan. 
Mamlakatimizda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy 
olimlarimiz yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o‗rgatish 
masalalari bo‗yicha o‗zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni 
bildirib, bu borada nimalarga e‘tibor berish kerakligi haqida yo‗l-yo‗riqlar 
ko‗rsatganlar. 
Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to‗g‗risida ilk 
fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so‗z va 
ko‗nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat 
ekanligini, muayyan kasb-hunarni o‗rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar 
shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan 
anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur 
hayotiy vosita bo‗lib kelganini tan olgan. 
Forobiy ta‘lim-tarbiya ta‘limotining asosi komil insonni shakllantirish, 
bunda yoshlarga o‗z vaqtida o‗rinli ta‘lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga 
yo‗llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o‗z o‗rnini topishiga yordam 
berish g‗oyasidan iborat.
SHarqda birinchi bo‗lib Er va Osmon globusini yasagan Abu Rayxon 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin