Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Sotsiometriya metodi. 
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo‗lib, kichik 
(birlamchi) guruh a‘zolari o‗rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita 
o‗rganish va darajasini o‗lchashda qo‗llaniladi. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruhdagi har bir a‘zoning o‗zaro munosabatlarini aniqlash uchun 
uning faoliyatda kim bilan ishtirok etishi so‗raladi. Olingan ma‘lumotlar 
matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi 
miqdor ko‗rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari 
mazmuni yuzasidan ma‘lum bir xulosa qiladi. Biroq ma‘lumotlar guruhiy 
munosabatlarning tashqi ko‗rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish 
maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA.L.Kolominskiy va I.P.Volkov 
tomonidan 
sotsiometriyaning 
kichik 
guruhlar 
psixologiyasiga 
moslab 
o‗zgartirilgan variantlari, ko‗rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali 
shaxslarning bir-birini tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa 
sotsiometriyaning YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o‗zgartirilgan varianti 
bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‗g‗risida to‗la axborot berishga 
yordam beradi.
Odatda o‗quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: 
«Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg‗ulotlarga kim 
bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo‗shni bo‗lib yashashni 
yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma‘qul» deb tanlashi 
lozim. Unga «avval, hammadan ko‗ra ko‗proq kim bilan birga bo‗lishni 
xohlasang, o‗shaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to‗g‗ri kelmasa, 
yana kim bilan birga bo‗lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan 


shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga 
muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko‗rsatish uchun sotsiogramma to‗rtta «maydon»ga 
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‗g‗il bolalar esa uchburchaklar bilan 
belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‗g‗ri keladi. 
Guruh a‘zolarining o‗zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar 
bilan bog‗langanida o‗z ifodasini topadi. Eng ko‗p munosabatga ega bo‗lgan 
sinaluvchi doiraning markazidan o‗rin oladi. U guruh a‘zolarining eng 
yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan aloqa o‗rnatmagan sinaluvchi doiraning 
eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o‗rtacha va undan kamroq 
tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. SHu yo‗l bilan birinchidan 
shaxslararo munosabatning darajasi va ko‗lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar 
bilan o‗g‗il bolalar o‗rtasidagi ko‗rsatkichlar taqqoslanadi. Natijalariga qarab 
guruhdagi munosabatlar va ularning o‗ziga xosligi, psixologik mexanizmlari, 
barqarorligi, puxtaligi, o‗zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar 
chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g‗oyalar, 
qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko‗rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar 
bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‗g‗risida mulohazalar yuritiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin