Qisqa muddatli xotira – juda qisqa esga olib qolish va esga tushirish bilan
bog‗liq xotira.
Uzoq muddatli xotira turli ma‘lumotlarni
inson tomonidan uzoq
muddatga saqlanishida ifodalanadi. U juda ko‗p qaytarish va esga tushirish
evaziga yuzaga keladi.
Operativ xotira- uzoq muddat xotirada
saqlanib zarur vaqtda esga
tushirish bilan bog‗liq bo‗lgan xotira turidir. (masalan, matematik misollarni
echishda, operativ xotiraning roli juda katta)
Genetik xotira turi mavjud bo‗lib, u genotip bilan shartlashgan bo‗lib,
avloddan-avlodga o‗tadi.
Xotiraning individual xususiyatlari
Psixologiyada xotiraning quyidagi individual turlari ajratiladi –
ko„rish, eshitish, motor va aralash.
1) ko‗rish turi – ko‗rish orqali materialni tez eslab qolish.
2) Eshitish turi- eshitish orqali materialni yaxshi esda olib qolish.
3) Motor turi- odamni qayta takrorlash
yoki yozib orqali esda olib
qolishidir.
4) Aralash turi – bunda ko‗rish eshitish, ko‗rish-motor,
eshitish motor
turlari haqida gapirish mumkin.
Xayol –ong faoliyati bo‗lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi,
hayotida
mavjud bo‗lmagan obrazlar, ob‘ektlarni yaratishdir.
Xayolning funksiyasi – o‗tgan tajriba natijalarni qaytma ishlashdir. Hech
narsasiz xayol mavjud bo‗lishi
va yaratilishi mumkin emas, ushbu tasavvurlar
xotira tasavvurlaridan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi.
Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini
alohida bir yagona
obrazda birlashtirish (yopishtirish)dir. Akksentrlashtirish – u yoki bu
xususiyatlarga urg‗u berish orqali yangi obrazlarni yaratish. Masalan,
Bahodirlar, lilinutlar, Gulliver obrazlari bunga misol bo‗la oladi.
Dostları ilə paylaş: