2
rasmiylashtirishda taqdim etilishi zarur bo„lgan hujjatlarni talab qilish va olish huquqiga ega.
12. Bank quyidagi majburiyatlarni o„z zimmasiga oladi:
a) omonatni, Bankni kamida bir oy oldin ogohlantirgan holda
muddatidan oldin qaytarish
so„ralganda, qaytarib berish;
b) omonatni sir saqlash va u bo„yicha ma‟lumotlarni faqat O„zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida ko„zda tutilgan hollarda taqdim etish.
13.Omonatchi quyidagi huquqlarga ega:
a) omonatni ishonchli vakili orqali ham tasarruf etish;
b) omonatni O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga
muvofiq har qanday shaxsga
vasiyat qilish.
14. Omonatchi quyidagi majburiyatlarni o„z zimmasiga oladi:
a) pasport ma‟lumotlari va ro„yxatdan o„tgan joyi o„zgarganda o„zgarish sanasidan boshlab
10 kun ichida Bankka yozma xabar berish;
b) Bank tomonidan O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq so„ralgan barcha
hujjatlarni Bankka taqdim etish.
4-§. Tomonlarning javobgarligi
15. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun O„zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
5-§. Alohida shartlar
16. Ushbu Shartnoma omonat summasi Bankka qabul qilingan
paytdan boshlab kuchga
kiradi.
16-1. Omonatning qaytarilishi O„zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning
banklardagi
omonatlarini himoyalash kafolatlari to„g„risida” qonuniga muvofiq kafolatlanadi.
16-2. Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun O„zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari normalari qo„llaniladi.
17. Tomonlar barcha kelishmovchilik va nizolarni muzakora yo„li bilan hal etadi.
Muzakora natijasida tomonlar o„zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda nizo O„zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sudda ko„rib chiqiladi.
18. Ushbu Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo„lgan ikki nus‟hada tuzildi,
uning bir
nus‟hasi Bankda, ikkinchi nus‟hasi Omonatchida saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: