Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir.
Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi.
Kuzatish –
bilish ob’yektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash
maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash,
uning
usullarini aniqlash, o’rganilayotgan ob’yekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini
tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning
natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko’rinishida dastlabki axborot beradi.
Kuzatish
bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo’lishi mumkin.
Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu
faoliyatning muayyan ob’yektlarga qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda
tutadigan faol shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o’z ko’zlarini
kuzatuvchanlikka o’rgatishi lozim.
Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko’pchilik e’tibor
bermaydigan
muhim jihatlarini ko’rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san’atdagi
novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda
kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo’lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini
oldindan ishlab chiqish muhim o’rin tutadi. Kuzatish tabiatning o’zida mavjud narsalar va
hodisalarni qayd etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi.
U eksperimentlar
o’tkazish orqali faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model’ ustida o’tkaziladigan
fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy
aloqasi xosdir.
Dostları ilə paylaş: