Empirizm (empiristlar, Frensis Bekon, Lokk, Gobbs, YUm, Feyerbax), aksincha, inson,
insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo’lgunga qadar biron-bir g’oya mavjud bo’linishni
inkor etadilar. Ular barcha g’oyalar inson ongi
zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar
tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug’ilishini qayd etadilar va bu tezisni
isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko’ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va
o’zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni
persepsiya
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o’zini
qurshagan
dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, borliqni aql bilan
anglash, bilish, ularni g’oyalarda ifodalash esa
appersepsiya deb ataladi.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to’g’risidagi masalani yechishni ham o’z ichiga
oladi. Ko’pgina empiriklar (masalan, David YUm,
Dyubua Raymond, agnostiklar) va
ratsionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni,
balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo’shiladilar. Ayrim
narsalar, hodisalar va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham,
tafakkurimiz, refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig’maydi.
Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo’qligi,
jonning
boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga
sig’maydigan, oqilona o’rganib bo’lmaydigan transsendental (lotincha «transcendentalism» -
chegaraga sig’maydigan) masalalardir, deb hisoblagan.
XX asr pozitivistlari, empirizm
g’oyalarini himoya qilgan yirik olimlar (Moris SHlik, Rudol’f Karnap, A.J.Ayer) Katnning
transsendental muammolarini mantiqsiz deb e’lon qildilar.
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko’p muammolar bilan shug’ullanadi. U
bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko’r-ko’rona ishonch va qay darajada
real borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So’nggi o’n
yilliklarda
gnoseologiyada bilimlar o’rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy
tajribamdan bilaman», «dalilga ko’ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o’zaro nisbati
masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so’z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to’liq qamrab
olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya
falsafaning eng muhim omilidir.
Dostları ilə paylaş: