5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix21.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#118930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish o’zgaruvchanligi, 
o’tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo’nalishlaridan biridir. Relyativizm 


tarafdorlari dunyoda hamma narsa o’tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy 
darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, 
kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, 
haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu 
ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. YAqindagina shak-
shubhasiz deb e’tirof etilgan narsa endi do’zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar 
kaleydoskopdagi rangli dog’lar kabi o’zgaradi. Bundan go’yo bilish jarayoni – 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo’lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa 
chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go’yo noaniqlik va noahiqiqiylik dengizida suzadi, u 
faqat – va faqat! – nisbiy, shartli konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va 
sub’yektivdir.
Skeptiklarga xos bo’lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma 
narsa shu qadar tez o’zgaradiki, unda mutlaqo o’zgarmas bo’lgan hech narsa mavjud emas, deb 
hisoblagan Kratil ta’limoti ashaddiy relyativizmga misol bo’lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e’tibori bilan, bilishda 
o’zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o’zgarmas, 
ishonchli narsalar mavjud bo’lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o’rtasida farq qolmaydigan, har 
qanday qoida va tamoyilga ishonch yo’qoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib 
bo’lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur 
«boyligi»ning namoyon bo’lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta 
mutlaq bo’lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo’lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat 
nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda 
haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb 
hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida 
ko’p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo’li – amalda to’g’ri chiziq emas, balki 
kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo’lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu 
bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri 
mavjud» degan to’g’ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan 
yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men 
hech ish qilmayman»
1
.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin