fikr, e’tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning
an’analar, rivoyatlar, o’gitlar va hokazolarda ifodalangan ko’rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar
va shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – jumladan
ishlab chiqarish faoliyati, estetik
faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta’sirida shakllanadigan turmush bilan bog’liq
tushunchalar majmui avlodlar to’plagan jamoa kollektiv tajribasi mahsuli hisoblanadi.
SHaxsiy darajada kundalik bilim muayyan shaxsning emotsional kechinmalari va o’z hayot
tajribasini anglab yetishi bilan bog’liq. Inson dunyoni nafaqat ilmiy o’rganish, balki o’z hayoti,
kundalik amaliyotida o’zlashtirish jarayonida ham tushunib yetadi. Bunday o’zlashtirishning
universalligini hozirgi zamon nemis faylasufi Gadamer «dunyoni sinash» deb nomlagan.
Kundalik bilim zamirida odamlar faoliyatining rang-barang shakllari yotadi. Bu faoliyat turlari
urf-odatlar, rasm-rusumlar,
bayramlar, marosimlar, jamoa harakatlari (o’yin, raqs va h.k.),
axloqiy qoidalar va taqiqlar bilan tartibga solinadi. Ular odamlarni jamoaviy ijtimoiy, madaniy
tajribaga jalb etish vositalari bo’lib
xizmat qiladi, odamlarning tabiatga va bir-biriga
munosabatini tartibga soladi, yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat qiladigan boshlang’ich
bilim sifatida amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: