Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 494,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix21.05.2023
ölçüsü494,85 Kb.
#119084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
matematika-darslarida-boshlangich-sinf-o-quvchilarining-mantiqiy-fikrlashlarini-shakllantirish (1)

Ko‘rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to‘g’risida 
gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Rasm bo‘yicha 
birinchi masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi.U bolalarni rasmlarni ko‘rib chiqishiga, 
berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayotiy 
harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola 
tasvirlangan, u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni ko‘zatayotib o‘qituvchi: Bu 
erda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima 
qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima haqida so‘rash 
mumkin? deb so‘raydi.O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib, bolalarni ayni bir 
mavzuda har xil mazmundagi yig’indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o‘ylab 
topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda foydalanadigan hohlagan mazmundagi rasm 
asosida masala tuzishga undaydi. 
Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan 
echilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda 
masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida 
echiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi. 
Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu 
masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin. 
1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng 
daraxt shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi? 
2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan 
so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi? 
Sodda masala orasidan bevosita ifodalangan masala ajratilgan. 
1-masala. Bir qutida 8 ta olma bor bu olmalar ikkinchi qutidan 5 ta ortiq. 
Ikkinchi qutida nechta olma bor. 
Yechish:8-5=3 ta (olma) 



Yüklə 494,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin