Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1406
w
www.oriens.uz
March
2022
MATEMATIKA DARSLARIDA BOSHLANG'ICH SINF
O‘QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH
https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-3-1406-1419
Ummatkulova Sayyora Shavkatovna
GulDU Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Xo‘jaboyeva Zilola Solijon qizi
GulDU Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitishning
asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash
hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga
o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika
darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan
bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur ko‘nikma
va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga
aylanishi lozim. SHu nuqtai nazardan o‘quv jearayonida matematik masalalar,
jumladan hayotiy mazmunli,ularning to‘plagan tajribasiga asoslangan masalalarni
yechish usullariga va ularni qo‘llashga o‘rgatish o‘ziga xos xususiyatlarga ega,
ularni ta‘lim mazmuni va o‘rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda
foydalanish, o‘zaro aloqadorlikda va o‘quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan
qo‘shgan holda o‘qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab
chiqish va amalda qo‘llash o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.