33
chayqab zaharni chiqarib tashlash kerak, chunki so'lak tegsa ilon zahari
parchalanadi. Ilon chaqqanda choy yoki kofe ichish ham foydah, so'ngra
zaharlangan odamni tezda shifoxonaga olib borib ilon zardobi bilan emlanadi.
Monovalentli zardob m aium bir tur ilon chaqqanda ishlatilsa,
polivalentli zardob bir necha zaharli ilon turlari chaqqanda ishlatiladi. Zahar
olish uchun zaharli iloniar tabiatdan ushiab
kelinadi va maxsus ilon
saqlanadigan joylarda boqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga
qarashli zoologiya instituti qoshida maxsus zaharli iloniar saqlanadigan
pitomnik bor. Bu yerda kapcha ilon, qora ilon va koivor iloniar saqlanadi
hamda uiardan qimmatbaho ilon zahari olinadi. Ilon zaharidan qimmatbaho
davolash mahsulotlari (laxezis, vipratoks va boshqalar) olinadi va revmatizm,
yurak
tomirlari spazmasi, bronxial astma va boshqa kasalliklarni davolashda
keng qoilaniladi. Shuning uchun ham zaharli ilonlarni muhofaza qilish va
uiardan oqilona foydalanish talab qilinadi.Yirik kaltakesak, ilon, timsoh va
ayniqsa, toshbaqa go'shti ko'pgina mamlakatlarda ovqatga ishlatiladi.
Timsohlar, yirik iloniar va kaltakesaklarning (echkemar) terisidan chemodan,
portfel, tasma, xaltacha va poyafzal tayyorlanadi. Ba’zi dengiz
toshbaqalarining, ayniqsa,
karettaning qalqonidan taroq, ko'zoynak gardishlari
va boshqa buyumJar tayyorlanadi. Iloniar, timsohlar va toshbaqalarni ortiqcha
ovlash, albatta, ular sonining keskin kamayishiga va hatto yo'q bo'lib
ketishiga olib kelishi mumkin. O'zbekistonda uchraydigan 58 ta tur sudralib
yuruvchilardan quyidagi 16 ta turi kamyob bo'lib O'zbekiston Respublikasi
«Qizil kitobi»ga kiritilgan: Molchanov to'garakboshi, xentog' to'garakboshi,
shtraux to'garakboshi, Said-Aliyev taqir to'garakboshi, Rustamov ssink
gekkoni, silliq gekkoncha,
qalqonli gekkoncha, qoraxoldor kaltakesak, Farg'ona
qum kaltakesagi, bo'z echkemar. Hind boygasi, to'rt yo'lli chipor ilon,
ko'ndalang yo'lli bo'ritish ilon, Afg'on litorinxi, kapcha ilon, dasht qora iloni.
Yuqorida keltirilgan sudralib yuruvchiiarni muhofaza
qilish va uiardan oqilona
foydalanish lozim. O'zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turiga
O'rta Osiyo kobrasi – Naja oxiana eichw, dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine,