Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ monopoliyaga qarshi davlat
organi bilan birgalikda telekommunikatsiyalar sohasida
raqobatni rivojlantirishga
ko‘maklashadi, insofsiz raqobat va raqobatni cheklash hollariga
barham berish yuzasidan
qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni ko‘radi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qar ang.
Insofsiz raqobat, foydalanuvchilarning
manfaatlarini kamsitish, raqobatga to‘siq
bo‘luvchi yoki uni cheklovchi boshqa biror-bir xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganlik uchun
operatorlar va provaydyerlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasini ng “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi (“Raqobat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 178-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jino yat kodeksining 183-moddasi .
Dostları ilə paylaş: