Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so‘zlashuvlarini eshitishga,
xabarlar bilan tanishishga, ular to‘g‘risida ma’lumotlar olishga, shuningdek so‘zlashuvlar va
xabarlarning sir tutilishini boshqacha cheklashlarga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jino yat-protsessual k odeksining 21-bobi.
Ushbu modda qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan
mansabdor va boshqa shaxslar
qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jino yat kodeksining 143-moddasi .
16-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda
qayta qurish
Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish
ularning egalari tomonidan o‘z mablag‘lari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshiriladi.
Umumdavlat vazifalarini hal qilishga mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar
tarmoqlari
va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan
rivojlantirish milliy dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qar ang.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish
loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda soliqqa oid va boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
Shaharlar, shaharchalar
va boshqa aholi punktlari, turar-joy rayonlari va majmualari,
alohida binolar va inshootlarni loyihalash hamda rivojlantirish paytida mahalliy davlat
hokimiyati organlari belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya
vositalarini
joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurishni nazarda tutishlari kerak.
Oldingi tahrirga qar ang.
Yuridik shaxslar binolar va telekommunikatsiya inshootlarini shu maqsad uchun
berilgan yer uchastkalarida belgilangan tartibda barpo etishga,
shuningdek binolar va
inshootlarning tomlariga (tayanchlar, ko‘priklar, kollektorlar, yer osti yo‘llari va boshqa
inshootlarga)
ushbu yer uchastkalari, binolar va inshootlarning mulkdorlari (egalari,
ijarachilari) bilan kelishilgan holda telekommunikatsiyalar vositalarini o‘rnatish va xizmat
ko‘rsatishga haqlidirlar.
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
Aholi punktlari va ayrim binolar, yo‘llar, ko‘priklar va
boshqa obyektlarni yangidan
qurish, kengaytirish, qayta qurish, yangi yerlarni o‘zlashtirish,
melioratsiya tizimlarini
o‘zgartirish, foydali qazilmalarni qazib olish tufayli telekommunikatsiya vositalarini ko‘chirish
yoki qayta qurish qurilishning buyurtmachisi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga operatorlar
va provaydyerlarning texnik shartlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalarning mavze ichkarisidagi tarmoqlari va inshootlari qurilishning
buyurtmachilari tomonidan loyihalashtiriladi va barpo etiladi.
Dostları ilə paylaş: