Operatorlar va provaydyerlar aholini favqulodda holatlar xavfidan xabardor qilishni
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan vositalar o‘rnatilishini va ulardan foydalanishni
ta’minlashlari shart.
Favqulodda holatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish
paytida operatorlar va provaydyerlar ko‘rgan zararlar davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Operatorlar va provaydyerlar
odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik
fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash
sohasidagi kechiktirib
bo‘lmaydigan tadbirlar o‘tkazishga taalluqli barcha xabarlarga, shuningdek yirik avariyalar,
falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik
berishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: