13-modda. Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari va
provaydyerlari litsenziya asosida barcha foydalanuvchilarga cheklanmagan tarzda
telekommunikatsiyalarning universal xizmatlarini belgilangan sifatda ko‘rsatadilar.
Universal
xizmatlarning
ro‘yxati
va
ularning
sifatiga
doir
talablar
telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
14-modda. Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar bunday xizmatni ko‘rsatish uchun ketgan
xarajatlarni hisobga olgan holda shartnoma asosida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari uchun tariflar foydalanuvchilarning
manfaatlarini
hisobga
olgan
holda,
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solib turiladi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Telekomunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 959, 18.08.2000-y .). Oldingi tahrirga qar ang. Favqulodda tezkor xizmatlarni (yong‘inga qarshi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy
yordam, gaz tarmog‘ining avariya xizmati va boshqa xizmatlarni) chaqirish barcha
foydalanuvchilar tomonidan bepul amalga oshiriladi. Favqulodda tezkor xizmatlarning ro‘yxati
qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y ., 03/19/542/3177-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 19- dekabrdagi 359-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini k o‘rsatish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1323, 15.03.2004-y .)