texnologiyalari davlat qo‘mitasi aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi bo‘yicha maxsus
vakolatli organ etib belgilangan.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi PQ-589-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoklarini boshqarish tizimini takomillashtirishga
oid qo‘shimcha chor a-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori.
8-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ
Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ:
telekommunikatsiyalar sohasida
davlat siyosatini yuritadi;
telekommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy dasturlarini ishlab chiqadi;
telekommunikatsiyalar sohasida standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qar ang.
yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi
faoliyatini litsenziyalashni
amalga oshiradi;
(8-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-
sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-
y., 37-38-son, 279-modda)
telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari, shuningdek tarmoqlararo
ulanishlar tariflarini
tartibga soladi;
operatorlar va provaydyerlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun teng sharoitlar yaratilishiga
ko‘maklashadi;
telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatlanishiga doir ishlarni tashkil
etadi;
telekommunikatsiya
xizmatlari
bozorini
shakllantirish
va
rivojlantirishga
ko‘maklashadi;
operatorlar va provaydyerlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarining axborot
xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi,
operatorlar,
provaydyerlar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini ko‘rib chiqadi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimini ishlab chiqadi va raqamlash
rejasini boshqarishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qar ang.
Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining manzil makonidan foydalanish
tartibini
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi;
(8-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-
dekabrdagi O‘R Q-314-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, operatorlar va provaydyerlarning telekommunikatsiyalar
tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kadrlarni o‘qitish va malakasini
oshirishni tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qar ang.
davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish,
rivojlantirish va ulardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini
shakllantirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqadi;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasini ng 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan
o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi to‘g‘risida nizom”
Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organning o‘z vakolati doirasida
qabul qilgan normativ hujjatlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan bajarilishi
majburiydir.
Oldingi tahrirga qar ang.
Dostları ilə paylaş: