Telekommunikatsiyalar to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Operatorlar va provaydyerlarning tezkor-qidiruv faoliyatini amalga



Yüklə 127,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix22.05.2023
ölçüsü127,89 Kb.
#119935
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
822 I сон 20 08 1999  Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida

18-modda. Operatorlar va provaydyerlarning tezkor-qidiruv faoliyatini amalga
oshiruvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish ko‘rayotgan operatorlar va provaydyerlar tezkor-
qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-
qidiruv tadbirlarini o‘tkazishi uchun foydalaniladigan asbob-uskunalarni o‘z mablag‘lari
hisobidan o‘rnatishlari va ularning ishlashini ta’minlashlari, shuningdek ushbu tadbirlarni
o‘tkazishning tashkiliy va taktik usullari oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini
ko‘rishlari shart.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun
ishlatiladigan texnik vositalar va asbob-uskunalarning miqdori va tarkibini operatorlar va
provaydyerlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan kelishib oladilar.
Telekommunikatsiya tarmoqlari yoki vositalaridan shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlariga zarar keltiruvchi jinoiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda bunday
telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining faoliyat ko‘rsatishi to‘xtatiladi.
19-modda. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish
Oldingi tahrirga qar ang.
Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar,
epidemiyalar va boshqalar) telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda ularni
markazlashgan holda boshqarish, shuningdek ularning ishlashini cheklash yoki to‘xtatib
qo‘yish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang. “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan
foydalanish tartibi haqida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1211 28.01.2003-y.), Favqulodda holatlarda
O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning
Umumiy qoidalari  (ro‘yxat raqami 1742, 27.11.2007-y.) va Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar
tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash
tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1743, 27.11.2007-y .).
(19-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-107-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2007-y., 35-36-son, 353-modda)


Operatorlar va provaydyerlar aholini favqulodda holatlar xavfidan xabardor qilishni
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan vositalar o‘rnatilishini va ulardan foydalanishni
ta’minlashlari shart.
Favqulodda holatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish
paytida operatorlar va provaydyerlar ko‘rgan zararlar davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Operatorlar va provaydyerlar odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik
fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib
bo‘lmaydigan tadbirlar o‘tkazishga taalluqli barcha xabarlarga, shuningdek yirik avariyalar,
falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik
berishlari lozim.

Yüklə 127,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin