Muhofaza tegralarini o‘rnatish tartibi, ularning o‘lchamlari, mazkur maqsadlar uchun
ajratilgan yerlardan foydalanish rejimi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
6-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlari
Telekommunikatsiya tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi,
idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo‘linadi.
Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish
va haq to‘lashning tartibi asosida O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi barcha yuridik va
jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan
telekommunikatsiyalar tarmog‘i umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga
kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ida telekommunikatsiya
xizmatlari ko‘rsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ
tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming
xizmatini tashkil qilish va ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 968, 13.09.2000-y.),
“Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 2140, 06.09.2010-y.),
“Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish”
Qoidalari (ro‘yxat raqami 1323, 15.03.2004y.)., “O‘zbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish
dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”g i Nizom (ro‘yxat raqami 1409,
15.09.2004y.), “Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan Internet xiz matlarini ko‘rsatish qoidalarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 3038, 10.07.2018-y.), “Aloqa sohasida axborot-ma’lumot
xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1412, 23.09.2004-y.), “Jamoat foydalanish
joylarida internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami
1393, 30.07.2004-y.), “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1900, 06.02.2009-y.)
va “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish” Qoidalari (ro‘yxat raqami
2794, 07.06.2016-y.).
Yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish va maxsus ehtiyojlari uchun
mo‘ljallangan,
ularning
ixtiyorida
bo‘lgan
va
ular
tomonidan
foydalaniladigan
telekommunikatsiyalar tarmoqlari idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi.
Idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari boshqa foydalanuvchilarga telekommunikatsiya
xizmatlarini ko‘rsatish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qar ang.
Ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlari jumlasiga
foydalanuvchilarning muayyan
doirasiga xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik shaxslarning tijorat maqsadlarida yaratgan
telekommunikatsiya tarmoqlari kiradi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli
Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y ., 37-38-son, 279-modda)
Idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari tomonidan
xizmatlar ko‘rsatish qoidalari ushbu telekommunikatsiyalarning operatorlari yoki
provaydyerlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: