10-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlash Telekommunikatsiyalarning
texnik
vositalari,
shu
jumladan
O‘zbekiston
Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan oxirgi (terminal) asbob-
uskunalar belgilangan standartlarga, texnik shartlarga va qonun hujjatlariga binoan boshqa
normalarga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi lozim.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasin ing 2006-yil 6-apreldagi O‘RQ–31-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y ., 14-son, 113-m odda) Oldingi tahrirga qar ang. 10 -modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish Davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborotni qayta ishlash uchun
mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan telekommunikatsiyalar
tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish ixtiyoriy tusga ega bo‘ladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10 -modda O‘zbekiston Respublikasini ng 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda) Oldingi tahrirga qar ang. 11-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet
jahon axborot tarmog‘i milliy segmenti domen nomlarining tizimi telekommunikatsiyalar
sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini
hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish telekommunikatsiyalar
sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va
provaydyerlarning, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning
foydalanishi pullidir.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan
foydalanganlik uchun to‘lovlarning miqdorlari hamda ularni to‘lash tartibi, shuningdek ularga
doir imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda) Oldingi tahrirga qar ang.