Menejment va marketing



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

Ikkinchidan, kichik sanoat korxonalarni innovatsion klasterlar bilan 
hamkorligini rag’batlantirish. Ushbu yo’nalish innovatsion tadbirkorlikni ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari, moliyaviy tuzilmalar va hukumat 
organlari bilan klaster bo’g’inlari doirasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatishi 
hisoblanadi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan subyektlar uchun o’zaro barqaror 
manfaatli aloqalarni shakllantirish, tashqi va ichki bozorlarda raqobat ustunliklarga 
erishish uchun asos bo’ladi. 
O’zbekistonda innovatsion klasterlarni shakllantirish va ularga innovatsion 
tadbirkorlikni kirishi uchun shart-sharoit yaratish davlatning iqtisodiy siyosatining 
ustuvor yo’nalishi hisoblanadi va u alohida kichik innovatsion korxonalarni 
qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilishigina emas, balki turli hajmdagi va turdagi 
faoliyatni birlashtiruvchi “yuqori texnologiyalar” tizimini rivojlantirishni 
rag’batlantirishga asoslanmog’i lozim. 
Mamlakatda innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish 
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur: 
– innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo’yicha davlat maqsadli dasturlarini 
ishlab chiqish va amalga oshirish; 
– respublika va hududiy kichik biznesni rivojlantirish dasturlarini klaster 
loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish; 
– innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha 
darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni 
ta’minlash. 
Klasterlar doirasida innovatsion tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash 
davlat va xususiy tarmoq sherikligi sharoitida amalga oshirish maqsadga muvofiq 
va bu jarayonlarga davlat va mahalliy budjet mablag’larinigina emas, balki 
venchur fondlar, yirik kompaniyalar va tijorat banklar kreditlarini jalb qilish zarur. 
Shu bilan bir qatorda, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy 
resurslarni samarali taqsimlash va jalb qilishga mas’ul bo’lgan franchayzing 
kompaniyalarni shakllantirish lozim. 
Shuningdek, innovatsion klaster subyektlari tomonidan olingan kreditlarni 


57 
kafolatlash tizimini joriy qilish, kredit kooperatsiyasi va sug’urtasini rivojlantirish 
maqsadga muvofiq. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin