Menejment va marketing



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

 
3.2. O’zbekistonda
 
innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari
 
Bugungi kunda jahon miqyosida raqobat va iste’molchilar talabining 
kuchayishi, 
tarmoqlar 
ishlab 
chiqarishidagi 
diversifikatsiyalashuv 
va 
ixtisoslashuvning chuqurlashuvi jarayonlari ta’siri ostida kichik biznes 
faoliyatining o’zgarishi kuzatilmoqda. Bunday jarayon kichik biznesning iqtisodiy 
mohiyati va uning mamlakat iqtisodiyotidagi tutgan o’rniga nisbatan kengroq 
yondashuv zarurligini talab etmoqda. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi innovatsion jarayonlar 
uzluksizligini ta’minlash va ko’lamini oshirish bilan xarakterlanadi. Bunday 


54 
sharoitda kichik biznes samaradorligi o’z faoliyatini fan yutuqlariga asoslangan 
ishlanmalar, sanoatda keng ko’lamli ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishni 
joriy 
qilish, 
shuningdek
ilmiy 
ixtiro 
natijalarini 
tijoratlashtirishga yo’naltirganligi bilan belgilanadi. Ushbu omillar iqtisodiyotda 
innovatsion tadbirkorlik shakllanishiga asos bo’ladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon va mamlakat miqyosidagi 
raqobatning kuchayishi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini 
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Innovatsion 
tadbirkorlikni 
rivojlantirishning 
tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmlarini takomillashtirish, fikrimizcha, quyidagi yo’nalishlarda amalga 
oshirilishi lozim. 
Birinchidan, innovatsion tadbirkorlikni institutsional qo’llab-quvvatlash. 
Ular quyidagilardan iborat: 
– mamlakatda industrial-innovatsion yo’naltirilgan va moslashuvchan ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan xo’jalik yuritishning yangi modelini shakllantirish; 
– innovatsion kodeks doirasida yagona huquqiy normalar tizimini yaratish, 
unda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi, ilm-fan sig’imiga ega tadbirkorlik 
sohasida asosiy atamalarni aniqlashtiruvchi, innovatsion tadbirkorlikni davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlash (respublika va hududiy darajada) choralari, 
shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq bir qator asosiy 
qonunlarni aks ettirish; 
– innovatsion tadbirkorlikni paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamonaviy 
moliya-kredit mexanizmi bilan ko’maklashayotgan tizimlarga rag’batlantirish 
mexanizmini yaratish, innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirayotgan 
tijorat banklariga maxsus imtiyoz va pereferentsiyalar tizimini o’rnatish; 
– innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish uchun soliq imtiyozlari 
va soliqqa tortish umumiy darajasini pasaytirish yo’li bilan ularning xo’jalik 
yuritish 
sharoitini 
takomillashtirish, 
venchurli 
moliyalashtirish 
tizimini 
kengaytirish, yirik kompaniyalar, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlarning 


55 
innovatsion tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilish qiziqishlarini oshirish; 
– innovatsion tadbirkorlikni bozorlar “muhit” va “sotish” o’rtasidagi 
munosabatni kengaytirish, bunda ularning qimmatli qog’ozlar, birinchi navbatda, 
korporativ bozorda, mehnat va resurslar bozorlarida, shuningdek, birjalar, 
sotuvlarda, yarmarkalar va auktsionlarda faol qatnashishini ta’minlash; 
– davlat va innovatsion tadbirkorlik o’rtasida sheriklik aloqalarining turli 
shakllarini joriy qilish. Bu davlat va innovatsion tadbirkorlik o’rtasida kooperatsiya 
aloqalarning turli shakllarini amalga oshirish, kichik texnologik firmalarni 
rag’batlantirish va moliyalash bo’yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish
shuningdek, ilmiy-texnik mahsulotlar bo’yicha davlat buyurtmalari tizimini 
kengaytirishni nazarda tutadi; 
– innovatsion-faol korxonalar uchun konsalting xizmatlari bozori 
infratuzilmasini shakllantirish, maslahat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha bozor 
institutlarini rivojlantirish, professional innovatsion menejment tizimi, innovatsion 
loyihalarni mustaqil ilmiy ekspertiza qilish standartini yaratishda davlat ishtirokini 
ta’minlash; 
– innovatsion tadbirkorlik vakillaridan tashkil topgan respublika va 
hududlarda uyushmalar, biznes markazlar, shuningdek, halqaro tadbirkorlar 
uyushmalarini tashkil qilish; 
– innovatsion menejment bo’yicha maxsus kurslarni tashkil qilish va ushbu 
yo’nalish bo’yicha mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish, shuningdek 
o’quv, ilmiy, uslubiy, ma’lumot adabiyotlarini kengaytirish va innovatsion 
faoliyatni boshqarish masalalari bo’yicha dasturlar yaratish. 
Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlikni institutsional qo’llab-quvvatlash 
davlat tomonidan tartibga solish vositalari va barcha bozor mexanizmlaridan 
foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini o’zida aks ettirishi lozim. 
Xususan, innovatsion tadbirkorlik subyektlarini rag’batlantirishga yondashuv 
innovatsion tadbirkorlikning erishgan natijalari, ular faoliyatining tashqi yoki ichki 
bozorga yo’naltirilganligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, miqdori va 
muddatlari bo’yicha tabaqalashgan bo’lishi zarur. 


56 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin