Menejment va marketing



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

Uchinchidan
innovatsion 
tadbirkorlik 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyati 
samaradorligini ta’minlash. Shu jumladan, raqobat barqarorligini ta’minlash, tashqi 
iqtisodiy faoliyat tizimida kichik korxonalar manfaatlarini himoya qilish va 
qo’llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va mamlakat eksport 
hajmida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish maqsadida, fikrimizcha, kichik 
korxonalar eksportni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks 
chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Unda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiq: 
– tashqi bozorlarga chiqish uchun tadbirkorlarni tayyorlash dasturini ishlab 
chiqish va amalga oshirish
– kichik innovatsion korxonalar uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni halqaro standartlar bo’yicha litsenziyalash, berilgan qarzlarni davlat 
tomonidan kafolatlash sharti bilan eksport faoliyatini kreditlash, tashqi iqtisodiy 
faoliyat bilan bog’liq siyosiy, tijorat, moliyaviy va boshqa xatarlarni sug’urta 
qilishni ta’minlash, eksporterlarga axborot-maslahat ko’magini tashkil qilishda 
maxsus imtiyozlar tizimini taqdim etish; 
– innovatsion mahsulotlar yarmarkasi va ko’rgazmalarini o’tkazish, 
reklamani tashkil qilish va xorijiy davlatlarda sheriklarni topishda ko’maklashish; 
– innovatsion-texnologik infratuzilmalarni takomillashtirish; 
– xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish 
bo’yicha shart-sharoitlar yaratish. 
Innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning ushbu 
yo’nalishi xo’jalik yuritish subyektlari eksport salohiyatini oshirish va ularning 
tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. 
Shunday qilib, davlat va bozor iqtisodiyotning innovatsion tarmog’i 
faoliyatini kengaytirishga ko’maklashishi, samarali milliy sanoat siyosatini olib 
borish, kichik ishlab chiqarish korxonalar innovatsion faolligini rag’batlantirish, bu 
birinchi navbatda jamiyatdagi innovatsion taraqqiyotga turtki bo’lmog’i lozim. 


58 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin