48
- Ayrim to’lovchilar bilan bo’ladigan soliq munosabatlarini neytrallash.
- Qonun hujjatlariga rioya qilishda tezkor nazoratni belgilash, fuqarolar va
tashkilotlarni soliq to’lash bo’yicha ma’suliyatni oshirishdan iborat.
Birinchidan, O’zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlarni huquqiy asosi
sifatida Soliq Kodeksiga qadar 1993 yil may oyida qabul qilingan «Mahalliy
soliqlar va yig’imlar» to’g’risidagi Qonun xizmat qilar edi. Bu qonun Soliq
Kodeksi qabul qiligandan so’ng o’z kuchini yo’qotdi bu qonuning asosiy mazmuni
esa kodeksda o’z aksini topdi. Biroq, qayd etish zarurki, «Mahalliy soliqlar va
yig’imlar to’g’risida»gi Qonunda mahalliy soliqlar bo’yicha mahalliy
hokimiyatlarni soliq va budjet huquqlari aniq yoritib berilgan edi, ammo, bu holat
Soliq Kodeksida to’liq aks ettirilmagan, ya’ni bunda mahalliy soliqlar va yig’imlar
bo’yicha faqat ularni turlarini ko’rsatish bilan cheklangan va mahalliy
hokimiyatlarning soliq huquqlari mavhum holda qolgan.
Dostları ilə paylaş: