O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


muddatli xotira turlariga bo'linadi.  Harakat xotirasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

muddatli xotira turlariga bo'linadi. 
Harakat xotirasi-turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib 
qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emosional xotira-his-tuyg'uga xos xotiradir. His-tuyg'ular hamisha bizga 
ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak-atrofdagi 
olamga munosabatimiz qanday yo'lga qo'yilganligi haqida xabar berib turadi. Shuning 
uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Obraz xotirasitasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, 
tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko'rish, 
eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid xotiradir. 
Bizning o'y-fikrlarimiz so'z-mantiq xotiraning mazmunini tashkil etadi. 
O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham 
shunchaki mantiqiy deb emas, balki so'z-mantiq xotira deb ataladi. O'y-fikrlar turli 
xildagi til shakllarida mujassamlashgan bo'lishi mumkinligi vajidan ularning aks 
ettirilishi materialning yo faqat asosiy mohiyatini yetkazishga, yoxud uning aynan 
so'z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo'lishi mumkin. 
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo'lmagan 
holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. 
Oldimizga bironta maqsad qo'yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira 


haqida gap boradi. 
Har kimning o'ziga xos xotira xususiyatlari bor. Xar kimning xotirasidagi farq 
xotiraning kuchida ifodalanadi. Ma'lumki, xotirasi kuchli va xotirasi zaif odamlar bor. 
Xotiraning kuchli-kuchsiz bo'lishi esda olib qolish va esdan chiqarish tezlik darajasiga 
qarab belgilanadi. Tez esga olib sekin, bora-bora unutish kuchli xotiraning xarakterli 
xususiyati bo'lsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib qo'yish kusiz xotira 
belgilaridandir. 
Xotira qonuniyatidan samarali foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish 
jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanishni, shuningdek, xotiraning ishini 
yengillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganish zarur. 
Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari
2
Nomlanishi
Tavsifi
1.
Assotsiatsiya qonuni 
(Aristotel)
Notanish narsani eslab qolish uchun uni birorta 
tanish narsa bilan bog‘lash zarur.
2.
Mustahkamlash qonuni 
(A. R. Luriya)
10 daqiqa insonga biror narsani xotirasida 
mustahkamlash uchun yetarli hisoblanadi.
3.
Esdan chiqarish qonuni 
(G. Ebbingauz)
Har qanday material yodlanganidan so‘ng, 12 
soat ichida xotirada 40% qoladi. Keyinroq 
esdan chiqish tezligi kamayadi, 6 sutkada 
axborotning 20% saqlanib qoladi.
4.
B. V. Zeyngarnik qonuni
Mashg‘ulotniengqiziqjoyidatugallash, 
yodlanayotganmaterialniengqiziqjoyidato‘xtatis
hqaytayodlashjarayonigachamaterialningto‘liqs
aqlanibqolishinita’minlaydi.
5.
Yosh qonuniyati
Xotira 18-25 yoshgachayaxshilanibboradi, 45 
yoshdabirxilliksaqlanibqoladi, 
45 
yoshdansustlashaboradi.
6.
«Boshidan 
oxirigacha» 
qonuni
Yodlanayotgan materialning boshi va oxiri- 
dagi axborot, o‘rtasidagiga qaraganda yaxshi 
saqlanadi.
Ko‘pgina mnemotexnik tizimlar ushbu qonuniyatlarning amal qilishiga 
asoslanadi. Eslab qolishning quyidagi asosiy usullari mavjud: mantiqiy, ma’noli, 
mexanik va mnemotexnik. 
Mantiqiy eslab qolish - eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan qanchalik 
samarali foydalanish aqliy imkoniyatlarga, ma’noli va mantiqiy aloqalar o‘rnatishga 
bog‘liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo‘ladigan ma’noli aloqalar tasodifiy yuzaga 


keladigan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi bilan ajralib turadi. Mantiqiy 
eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, manbani guruhlarga ajratish, ya’ni 
ma’nosi bo‘yicha guruhlashtirishdan iborat. 
Mexanik usul - ma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning asosini 
esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini anglamasdan turib 
ko‘p martalab idrok etish tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi 
xotiralarning eng oddiy asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qola olmaymiz. 
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo‘ladigan usul. U 
asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida 
ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha kuchaytirish va ma’nosiz 
materialni mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish mumkin. 
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur. 
Shuningdek, Axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo‘lsa, 
shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning uchun ham 
qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o‘zingiz, masalan, kasbiy faoliyatda 
maqsadga erishishingiz uchun muhimligini ta’kidlab turishingiz zarur. 
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo‘lsa, shunchalik mustahkam 
yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron bilimni, qonuniyatni 
oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji boricha kengroq ho‘llash 
muhimdir. 
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib 
qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga 
eng ko‘p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish 
obyektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy 
aloqalarga asoslanadi. 
Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. 
O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan 
narsalar bilan bog‘lash - muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan biridir. 
Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va 
yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta ahamiyatga ega. Bular eslab qolish 
jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini oldindan ko‘rish 
imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi. 
Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini 
yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va 
esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek, ichki 
ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini yengillashtiruvchi 
sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganishimiz zarur. 


Xotirani shakllantirish usullari: 

bilishga bo‘lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini 
shakllantirish; 

mantiqiy eslash usullarini o‘rganish; 

javobgarik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o‘rganishga, qunt qilishga, 
o‘zini tarbiyalashga e’tibor berish; 

o‘tilgan mashg‘ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash, 
xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin