O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

 
R e j a : 
1. 
Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
2. 
Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi. 
3. 
Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 
4. 
O`quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi. 
 
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : 
Kasb psixologiyasi, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks, emperizm, 
sensualizm, faktlar, jarayonlar, individual xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar. 
Prinsip, determinizm, ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya, 


psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq. 
Psixologiya 
lotincha 
psyuxe"-ruh
"logos"-fan, 
ta'Iimot 
degan 
so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha 
qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz 
uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish 
degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga 
ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama 
o‘rganish kerak)), - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik 
asoslaridan birini tashkil qiladi. 
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga 
kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon 
yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy 
olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. 
Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. 
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos 
etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji 
uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi 
Xo‘sh, psixika nimaq 
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi 
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq 
manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi 
va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi 
zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy vazifalari - 
aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir. 
Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) 
jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar 
(hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish
ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, 
xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, 
mas’uliyat)da kuzatiladi. 
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek 
insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi 
fan. 
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» 
haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» 


tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik 
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin 
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega 
bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas 
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. 
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi 
kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi 
(Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. 
Predmet - moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan 
masalalar). 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida 
yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi 
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan 
hisoblanadi. 
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning 
qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab 
chiqadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin