O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari ko'rinishlari va



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari ko'rinishlari va 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. 
 
Ruhiyat deganda nima tushuniladiq 
Ruhiyat bu insonning ichki tuzilishi, ichki dunyosi, qobiliyatlari, barcha 
sohadagi imkoniyatlari kabilarni qamrab oladi. Tor ma'noda ichki dunyo tushuniladi.
Psixologiya o'zining predmetini to'rt bo'limga bo'lib o'rganadi: 
1. Psixologiyaning asosiy masalalari. 
2. Bilish jarayoni. 
3. Shaxsning hissiy-irodaviy xususiyatlari. 
4. Shaxsning individual tipologik xususiyatlari. 
Birinchi bo'lim, psixologiyaning asosiy masalalarida
a) fan predmeti; 
b) vazifalari, prinsiplari, tarixi, metodlari, sohalari o'rganiladi. 
Psixologiya o'z vazifalarini amalga oshirishda konkret prinsiplarga tayanadi. 
Prinsip tamoyil degan ma'noni anglatadi. Prinsiplar ikkiga bo'linib, ya'ni asosiy 
prinsiplarga hamda yordamchi prinsiplarga tayangan holda tadqiqot ishlari olib 
boriladi. 
Asosiy prinsiplarga:
1. Determinizm prinsipi. 
2. Ong va faoliyat birligi prinsipi. 
3. Psixikani faoliyatda taraqqiyo etish prinsipi kiradi. 
Yordamchi prinsiplarga esa tarixiylik prinsipi, nazariya va amaliyot birligi 
prinsipi, monizm prinsipi va hokazolar kiradi.
Determinizm nimaq Determinizm so'zi sabab va oqibatning o'zaro birligini 
ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga 
ko'ra psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan belgilanadi, ya'ni muhit 
o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta 
olmaydigan qoloq bir maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim 
beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi tabiiy. Farqning sababi 
mavjud. Sababi muhit, shart-sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik xususiyatlarning 
rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi.


Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul qilinganq Psixologik 
voqeliklarni tadqiq etishda, ularni baholashda va rivojlantirishda determinizm 
prinsipiga amal qilinadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin