O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z 
taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan 
yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat 
xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi
taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning 
sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni 
ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini 
sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston aholisining xuquqiy
madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda 
ta'minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi 
o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab 
chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat 
kasb etadi. 
Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy 
hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan 
yangi «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni 
amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham 
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol 
toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini kafolotlovchi 
shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta'lim va tarbiya 
jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaydi. 
Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish 
davrlaridagi 
rivojlanish 
tendensiyalaridan 
tortib, 
toki 
yangicha 
o'qitish 
texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intelektual 
qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish asosida ta'lim-tarbiya 
ishini 
tashkil 
etish 
psixologiyadagi 
metodlarni 
didaktik 
metodlar 
bilan 
uyg'ynlashtirishni taqozo etadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin