O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Ong va faoliyat birligi prinsipiBu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy 
bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi 
Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining 
asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar 
mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi bilan 
tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z 
mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong 
bo'lmaydi.
Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi va 
uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning asoschisi 
psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan A.N.Leontyevdir. 
Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni 
keltirgan: «Inson shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi va 
aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». 
Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar amalga oshiriladi va tegishli 
xulosalar chiqariladi.
Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni 
paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda 
tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf etiladi.
Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar
tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan 
hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi. 
Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli 
jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm 
so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin