fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya
masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa
tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar),
Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining
rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy
psixik hodisalarning
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi.
0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik
mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va
Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z
zamonasida birinchimarta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda
ishlatdi va harakatlarnitashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi
deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri jonsiz mexanizm,
mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi
bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida
juda
tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga
qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim
materialistic dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi
qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya
amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida
eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi.
XIX asrning
oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911
Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning
oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy
psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng
muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki,
endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing
xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga
dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy,
tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.
Biz sobiq sho’rolar
davrida tabiatni birlamchi, ruhniikkilamchi deb o'rgana'redik,
birinchi o'ringaborliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini
, kishilar faoliyatini
belgilaydi,deb ta'lim beradilar
. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong
o'rtasidagimunosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar,ijtimoiy ong ijtimoiy borliq
bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasidaSharq mutafakkirlaridanAbu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy
, Ibn Sino,Abu HomidMuhammad G'azzoliy kabilar katta
hissa qo'shganlar.Mustaqil O'zbekiston Respublikasida
milliypsixologiya fanini
rivojlantirish uchunpsixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev, M.G.Davletshin,
V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov,G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova,
R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo’shmoqdalar.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega.
Ammo psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi.
Chunki uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi.
Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin.
Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: