Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

Ikkinchidan, turli-tuman marosimlar asosida bemorlarni davolash. Uchinchidan, 
kelajak va inson taqdirini oldindan bashorat qilib, shu jumladan, uzoq masofada 
yashovchi kishilar taqdirini ham oldindan aytib bergan, va nihoyat to‘rtinchidan, 
bedarak ketgan odamlar, yo‘qolib qolgan hayvonlar va narsa-buyumlarni qidirib 
topish. Shuningdek, folbinlar buyumlar kim tomonidan o‘g‘irlanganligini homiy 
ruhlar ko‘magida aniqlashtirgan holda qidirib topish singari vazifalarni ham 
bajaradilar. 
Folbinlik yoki azayimxonlik vazifalarini ado etish uchun kishilardan maxsus 
qobiliyatga ega bo‘lishlari zarur hisoblangan. Ushbu iqtidor ko‘pincha tug‘ma 
bo‘lmasdan, ma’lum jiddiy tayyorgarlik natijasidagina egallangan. Buning uchun 
tanlangan nomzod qirq kun davomida o‘z xonadonida tashqi dunyodan ajralgan 
holda chillada o‘tiradi. Bu davr shomonlikning «chilla davri» hisoblanadi. 
Umuman, xalq tasavvurida insonlarni ins-jinslar ta’siridan eson-omon asrash 
ularning chilla davri (chilla - forscha «chixil» - qirq degan ma’noni bildiradi) tartib 
qoidalarga qanchalik rioya qilishlariga bog‘liq bo‘lgan. Chilla inson hayotidagi 
xatarli, eng og‘ir va eng mas’uliyatli davrni anglatuvchi atama hisoblanadi.
Inson hayotining uch davri bilan bog‘liq holda chilla davri urf-odatlaridan, 
kishilar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Avvalo shuni eslash lozimki, har 
uch davrdagi chilladan ko‘zlangan asosiy maqsad, chillali odam va ushbu 
xonadonni yovuz kuchlar, yomon ko‘zlar hamda turli ins-jinslar ta’siridan himoya 
qilish bo‘lgan. An’anaga ko‘ra, har uch chilla davrida, ya’ni tug‘ilganda, nikoh 
to‘yi va motam marosimda ham chillali xonadonda qirq kun mobaynida ushbu uy 
chirog‘i o‘chirilmaydi va chillali odam yolg‘iz qoldirilmaydi. Shuningdek, har
uch chillaning ham aynan bir xil kunlari (ko‘pincha uchinchi, yettinchi, 
yigirmanchi, qirqinchi)ga ko‘proq e’tibor qaratiladi va bu davrda chillali uyga 
isiriq tutatib turish doimiy shartlardan biri hisoblangan. 
Baxshilarning qarashlariga ko‘ra, folbin-baxshilar tomonidan tutiladigan 


18 
chilla turlicha bo‘lib, ular orasida eng og‘iri va xavflisi baxshilar tomonidan 
tutiladigan «qora chilla» hisoblanadi. «Qora chilla»da o‘tiradigan kishi 40 kun 
mobaynida bir uydan tashqariga chiqmagan holda chimildiqning ichida o‘tirishi 
lozim bo‘lgan. U bu davrda boshqa odamlar bilan gaplashmasligi va faqat o‘z 
uyida yaqin kishisi tomonidan pishirib berilgan pok ovqatni yeyishi lozim bo‘lgan. 
Bu davrda bo‘lg‘usi baxshining qabristoniga borishi, o‘lik ko‘rishi, ariqda 
oqayotgan suvdan o‘tishi qat’iy taqiqlangan. Bu jarayonda bo‘lg‘usi baxshi doimiy 
ravishda eng yaqin kishisi yoki ustoz baxshi nazoratida bo‘lgan. Agar bo‘lg‘usi 
baxshi nazoratsiz qolib, tashqariga chiqib ketsa, ruhiy xastalikka chalinib esdan 
og‘ishi ta’kidlagan. 
Vodiyda yashovchi ko‘plab o‘zbek va tojik folbin-baxshilari (azayimxonlari) 
esa kasallik xuruj qilganida uqalash orqali tanani qizdirib, bemorni terlashga 
majburlaganlar. Ayrim baxshilar ko‘kyo‘tal, bosh og‘rig‘i, bepusht ayollarni 
davolagan bo‘lsalar, boshqalari shol, soqov bo‘lib qolgan, badaniga turli toshmalar 
toshgan kishilarni, ruhiy kasallangan kishilarni davolar ekanlar. Baxshi oldiga 
kelgan bemorning qaysi a’zosi og‘riyotganligini bemor tashrifi tufayli uning 
o‘zining ham tanasidagi o‘sha a’zo og‘rishidan bilib olar ekan. Marosim davomida 
baxshi bilan birga bemorning yonida o‘tirganlar ham ba’zida jazava holatiga 
tushganlar. Shundan so‘ng baxshi bemorni yettita yoki to‘qqizta tol va jiyda 
xivchinlari bilan o‘ng tomonidan boshlab urgan va jinlarni go‘yo chap tarafdan 
haydab chiqargan. Odatda, tol xivchinlari yoki mevali daraxt shoxlari kasallik 
holatiga qarab ishlatilgan. Bemor yengilroq xasta bo‘lsa mevali daraxt, og‘irroq 
kasal bo‘lsa mevasiz daraxt (tol) xivchinlaridan foydalanilgan. Tol yoxud mevali 
daraxt xivchinlari ishlatilishiga qarab, go‘yoki yovuz ruhlarni kasal tanasidan 
yakuniy haydash bo‘lgan. Ko‘chirma kunida baxshi bemor yelkasi, qo‘llarini 
silagan holda uning tanglayini ko‘tarib qo‘ygan. 
Markaziy Osiyo xalqlari hayotidan keltirilgan mazkur misollar shomonlik 
an’analarining nafaqat qoloq dunyoqarash shakllari sharoitida, balki madaniy-
tarixiy rivojlangan jamiyatda ham yashovchanligini yaqqol namoyon etadi. 
An’analar ko‘pincha o‘zgaradi, moslashadi, amaldagi rasmiy din talablarining u 
yoki bu jihatlariga ma’lum darajada birikadi. Chunonchi, islom sharoitida 
shomonlik harakatlari odatda musulmon an’analariga ko‘ra fotiha bilan 
yakunlanadi, biroq ayrim folbinlar musulmonlikka to‘g‘ri kelmaydi deb fotiha 
qilmaydigan hollar ham uchrab turadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin