Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

4.Dinlarni tasniflash. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo‘lib, 
dinlarni o‘zlari xos bo‘lgan ilm yo‘nalishi nuqtai nazaridan o‘rganib, turlicha 
yondashganlar. Shuning uchun ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar bo‘lishi tabiiydir. 
Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga 
ko‘ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni 
paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalariga ko‘ra tadqiq etganlar. Ayrim 
dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni o‘rganganlar. 
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», 
«an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon 
dinlari» ko‘rinishida ikkiga bo‘ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-
qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi. Shu bilan birga ba’zi 
tadqiqotchilar quyidagi tasnifni keltiradilar:
1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din, 
2. Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din, 
3. Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din. 
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy 
dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘lishgan. Ibn Hazm (vaf. 
456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq 
dinlar uchun «milal», botil dinlar uchun esa «nihal» so‘zlarini ishlatishni ma’qul 
deb topishgan.
Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvdan ham keng foydalanilib, 
uning o‘ziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinni ikkinchi dinga ta’siri 
va o‘zaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarini o‘zaro o‘xshash jihatlari yoki farqli 
tomonlarini o‘rganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar asosida tasnifga bo‘lish 
mumkin: 
1. Qit’alarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va 
Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. 
Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. Xususan, 
islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. Shuningdek, ba’zi qit’alarda 
ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bo‘lishi bilan birga deyarli 


13 
aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada asosan xristianlik ko‘p 
tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada ko‘proq tarqalgan. Osiyo 
qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik dinlari aralash 
tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo‘lgan din boshqa qit’ada keng yoyilgan. 
Masalan, xristianlik Falastinda vujudga kelgan bo‘lsa-da, asosan Osiyo qit’asidan 
tashqarida tarqaldi.
2. Jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va G‘arb dinlari tarzida 
tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo‘linishiga monand siyosiy va madaniy 
tafovutni aks ettiruvchi keng jo‘g‘rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga hinduiylik, 
buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari 
kiritiladi.
G‘arb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida islom 
dinini G‘arb yoki Sharq dini deb bo‘lmaydi. U jo‘g‘rofiy jihatdan Sharqda yuzaga 
kelib, G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik ham 
aslida Sharq dinlari bo‘lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan va G‘arb 
mamlakatlarida keng yoyilgan. 
3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya 
mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado‘li dinlari, Fors dinlari tarzida 
tasniflanadi. 
4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarim 
oroli dinlari, Meksika dinlari, Hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida 
tasniflanadi. 
Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko‘ra aniq 
belgilash imkoni bo‘lmagan ko‘p hollarda jo‘g‘rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. 
Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, 
monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha 
asosida umumlashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida 
jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish mumkin. 
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat 
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. 
Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk 
bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki, har qanday 
tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. 
Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud: 

tarixiy-geografik jihatga ko‘ra; 

etnik jihatga ko‘ra; 

e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra; 

hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k. 
Bugungi kunda, dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi 
tasnif keltiriladi: 


14 
1) primitiv diniy tasavvurlar (urug‘-qabila dinlari) - totemistik, animistik 
tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila 
boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib 
ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda 
saqlanib qolgan; 
2) millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga 
qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik 
(hindlarga xos), konfutsiylik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) 
kiradi; 
3) jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan 
qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda 
buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. 
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik 
(yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) dinlari 
va h.k.ga bo‘linadi. Dinshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda yahudiylik, 
xristianlik va islom dinlarini Ibrohimiy dinlar (Avraamicheskiye religii) yoki 
samoviy dinlar deb atash ham kuzatilmoqda.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin