10
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli
jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi.
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga
ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish
bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat
taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
3.Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi
Dinni yopiq va izolatsiya qilingan tizim sifatida o‘rganish mukin emas. U
kishilarning ma’naviy hayotining o‘ziga xos shakli bo‘lib, kishilik jamiyatini turli
davrlarida har-xil mavqega ega bo‘lgan holda
ijtimoiy tizimning boshqa
elementlari bilan chambarchas bog‘langan va o‘zaro aloqadorlik kasb etgan.
Mazkur aloqadorlik ijtimoiy ongda diniy g‘oyalar qay darajada o‘rin egallashiga,
diniy faoliyat va diniy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq.
Dinning jamiyat hayotidagi o‘rni quyidagicha namoyon bo‘ladi:
-ijtimoiy g‘oya, me’yor, munosabat, guruh va institutlarni muqaddaslashtiradi;
-diniy guruhlar axloqiy mushtaraklikni ta’minlaydi. Diniy faoliyat ijtimoiy
faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sotsial institular o‘z ichida diniy va
dunyoviy hokimyatni birlashtiradi;
-dunyovilik tushunchasi diniy ong bilan bir safda mavjud bo‘lishi.
-diniy ongni jamoa dunyoqarashidan keyin, boshqa tizimlarni ustun sanab, uni
ikkinchi darajali deb qarash. Diniy guruhlarni etnik jamoalardan farqlanishi va
hukumat bilan nomuvofiqlik mavjudligi, diniy hamda dunyoviy hokimyatning turli
institutlarga tegishli ekanligi;
-dinning hech qanday o‘rni bo‘lmagan jamiyat;
Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan
bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli
bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning
funksiyalari quydagilardan iborat:
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga
nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki
rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Diniy dunyoqarash yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi.
Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish, dinga ishonganlar uchun turli
cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi. Yorqin kelajak, huzur-halovatga
11
erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik,
tushkunlikdan ozod
bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham
turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish
va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy
guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy
tashkilotlar
tomonidan
beriladigan
xayr-ehsonlar,
mehr-shafqat,
tarbiya,
daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z.
Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va
ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim
ahamiyatga egadir.
Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi.
U ham diniy, ham diniy
bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro
ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi
mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta,
o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Regulyativ funksiya ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip
qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar,
institutlar orqali individ, guruh va
jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat.
Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun
ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va
jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim
ahamiyatga ega.
Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi.
Integratsiya shaxslar,
ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion
funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga
oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir
qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan
bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan
holda diniy, madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy
merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
Legitimlashtirish-legitimlarni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari,
institutlar,
munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy
qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi.
12
Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi. Uning asosida ba’zi
ko‘rinishlarga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda
majburiy va e’tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida,
birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan;
ikkinchidan, odamlarning
bahamjihat yashashiga ko‘malashgan;
uchinchidan, odamlarda ishonch hissini
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo
va qiyinchiliklarni yengib
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan;
to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va
shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: