9
insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy
kuchdir.
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din
ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning
eng teran va ruhiy-
ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli
soha va dunyoqarash egalari, o‘z sohalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif
berishgan.
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun
uch
asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan
birinchisi,
g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi.
Har bir dinda
topinish obyekti - Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga -
transsendent va
immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga
insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va
nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom
dinidagi Alloh taolo va qisman
xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi
Yaxvelarni keltirish mumkin.
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur
qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy
yaratuvchilik,
buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi.
Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo
zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda
tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari,
zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.
Dostları ilə paylaş: