O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Kalima keltirish  «Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna 
Muhammadan abduhu va rasuluh», ya’ni «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qligiga 
va Muhammad uning bandasi va payg‘ambari ekanligiga shohidlik 
beraman» demak. Kalima keltirgan kishi islomni qabul qiladi, Ollohga 
bo‘ysunadi va farzlarni bajarish mas’uliyatini oladi. 
Namoz kuniga besh vaqt o‘qiladi, undan faqat bemorlar va yosh 
bolalar ozod qilinadilar. Musulmonlar erta tongda, tushda, tushdan so‘ng, 
kun botishdan va uyqudan avval namoz o‘qishlari kerak. Namozdan oldin, 
albatta, tahorat (poklanish) marosimiga amal qilinadi. Agar suv bo‘lmasa, 
hatto tuproq bilan ham tahorat qilishga ijozat beriladi. Musulmonlar o‘z 
turmush tashvishlari bilan namoz vaqtini unutmasliklari uchun masjidlarda 
baland minoralar quriladi va u yerdan turib masjid muazzin (so‘fi)lari 
baland ovoz bilan musulmonlarni namoz o‘qish vaqti haqida xabardor 
qiladilar. 
Ro‘za. Islom dinida faqat bitta shunday cheklash mavjud. Bir oy 
davomida musulmon kishi erta tongdan kechgacha taom yemasligi, suv 
ichmasligi, ishrat qilmasligi lozim. Faqat qorong‘i tushishi bilan me’yorida 
taom yeyishga ruxsat beriladi. Islomda bir yil 354 kundan iborat 
bo‘lganligi uchun ramazon (ro‘za) oyining vaqti doimo o‘zgarib turadi. U 
qahraton qishga ham, yozgi jazirama kunlarga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. 
Ramazon oyida mehnat qilish odatdagidek kechadi. Ro‘zani sababsiz 
buzgan kishi farzga amal qilmagan deb hisoblanadi. Ro‘za tutishdan 
maqsad musulmonlar irodasini chiniqtirishdir. Shuningdek, ro‘za 
odamlarning ma’naviyatini yuksaltiradi. Ro‘za vaqtida musulmonlar bir-
birlariga yaxshi niyat tilaydilar, o‘zaro munosabatlarda yomonliklar, 
janjallar unutiladi va odamlar gaplashganda yomon (qo‘pol) so‘zlarni 
ishlatishdan o‘zlarini tiyishga harakat qiladilar. 
Zakot. Har bir mulkdor musulmon yilda bir marta kambag‘al, beva-
bechora, nochorlar uchun yillik daromadining bir qismini berishi shart. Bu 
islomga e’tiqod qiluvchi mulkdor musulmonlar uchun majburiy amal 
sanaladi. Zakot islom davlatlarida muntazam ravishda yilning oxirida 
olinadi. Uning miqdori pul daromadining ulushi 1/40 (2,5 %)ga teng. 
Dunyoviy davlatlarda musulmonlarning ayrim qismi zakotni masjidlarga 
ixtiyoriy xayr-ehson sifatida beradilar. Majburiy bo‘lmagan yana bir vazifa 
– sadaqa. U odatda ixtiyoriy ravishda kambag‘allar, yetimxonalar, 
masjidlar va moddiy yordamga muhtoj kishilarga beriladi. Sadaqa o‘ziga 
to‘q musulmonlar uchun taskin topish, qoniqish hissi bilan birga, beva-
138


bechora, kambag‘allar jamoasining hayot kechirishini ta’minlashga xizmat 
qiladi. 
Haj. Shariatga binoan, har bir musulmonning hayotda aqalli bir marta 
Makka shahrining muqaddas yerlarini hamda xudoga sig‘inishi va Ka’bani 
ziyorat qilishi. Ziyorat quyidagi talablarni bajarishni taqozo etadi: Ka’bani 
yetti marta aylanish, qora toshni o‘pish, Safa va Marva tepaliklari o‘rtasida 
tez yurish, Zamzam muqaddas qudug‘idan suv ichish, Arafot tog‘i yonida 
turish, Mino vodiysida shaytonga tosh otish, Ollohga qurbonlik qilish kabi 
marosimlar shular jumlasidandir. Kim haj qilsa, «hoji» unvoniga ega 
bo‘ladi va uning oq salla o‘rab yurishiga ruxsat etiladi. 
Musulmon ruhoniylari yuqorida bayon etilgan beshta asosiy farzdan 
tashqari, yana bir farz – jihod (g‘azovot)ni tashviq qiladilar. Qur’onda bu 
haqda birmuncha aniq ma’lumot berilgan. Yilda sakkiz oy (to‘rt oy qon 
to‘kish taqiqlangan oylar hisoblanadi) yomonlikka, dushman kuchlariga 
qarshi yoki dinni kuch yordamida yoyish (bu masalada musulmonlarning 
qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi) uchun kurashish muqaddas ish 
deb baholanadi. Muhammad payg‘ambar o‘gitlariga ko‘ra, «ulug‘ jihod» 
bu musulmonning e’tiqodi va gunohlariga tavba-tazarru qilish ehtiyoji 
o‘rtasidagi ma’naviy kurash bo‘lsa, «qurolli kurash» din yo‘lidagi odatiy 
harakatdir. 
Islom aqidalariga ko‘ra, muqaddas jihodda ishtirok etish, hatto halok 
bo‘lish kishini gunohlardan forig‘ qiladi va shahidning jannatdan o‘rin 
olishida buning ahamiyati kata hisoblanadi. Aytish joizki, jihod tarzida 
nafaqat bosqinchilik urushlari, balki milliy ozodlik kurashlari ham olib 
boriladi (masalan, XX asrda bu shior ostida qator milliy-ozodlik kurashlari 
bo‘lib o‘tgan). 
Islomda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ular qatorida eng 
katta e’tiborga ega bo‘lganlari Ro‘za hayit, Qurbon hayit, Me’roj, Mavlud 
bayramlaridir. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin